13.04.2024
133
Ijtimoiy fikr Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktorining birinchi oʻrinbosari, Xadjimuxamedov Marat Karimovich Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida oʻtkaziladigan Grushin nomidagi xalqaro sotsiologik konferensiyaga ishtirok etish va oʻzaro tajriba almashinish uchun xizmat safariga chiqdi.
Ushbu safar davomida M.K.Xadjimuxamedov Rossiya fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Fanlar akademiyasining Federal sotsiologik tadqiqot markazining filiali direktori M.K.Gorshkov va Rossiya federatsiyasi siyosatshunosi va sotsiologi, Butun Rossiya jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (“VSIOM”) bosh direktori Valeriy Valerievich Fedorov hamda Butun Rossiya jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (“VSIOM”) jamgʻarmasining bosh direktori Abramov Konstantin Valerevichlar bilan uchrashishdi.
Akademik M.K.Gorshkov Federal sotsiologik tadqiqot markazi hayoti bilan yaqindan tanishtirdi, shuningdek V.V.Fedorov va K.V.Abramov (“VSIOM”) Markaz faoliyati bilan tanishtirib Rossiya federatsiyasidagi olib borilayotgan sotsiologik tadqiqotlar metodologiyasi, ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazishning zamonaviy usullari va muammolari haqida suhbatlashishdi.
M.K.Xadjimuxamedov markaz faoliyati, olib borilayotgan tadqiqotlar, Oʻzbekistondagi ijtimoiy soʻrovlarni oʻtkazish metodi va texnologiyalari toʻgʻrisida tushuntirib berdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvlar oʻrnatilishi, memorandum imzolanishi va qoʻshma sotsiologik tadqiqotlarning keyingi istiqbollari haqida kelishildi va takliflar berildi.