Tadqiqotlar

JAMIYAT

Ijtimoiy munosabatlar sohasidagi (Din, oila, jamiyat, taʼlim, dam olish vaqti va h.k.) ijtimoiy tadqiqotlar “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tadqiqotchilik faoliyatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi va ular mamlakatdagi murakkab ijtimoiy jarayonlar tahlili, shuningdek, ijtimoiy ong va mamlakat ijtimoiy tuzilmasidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq muammolar spektrini oʻrganishga bagʻishlangandir.

Marketing va ijtimoiy-siyosiy tadqiqotlarni oʻtkazishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi, (shahar, tuman va h.k.dagi) aholi turmush tarzining sifati, mahalliy hamjamiyat muammolari, aholining iqtisodiy xulq-atvori xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar zarur va bunday maʼlumotlarning asosiy manbasi oʻtkazilayotgan sotsiologik tadqiqotlar hisoblanadi.

SIYOSAT VA HUQUQ

Siyosiy-huquqiy tahlil siyosiy tadqiqotlarning meʼyoriy-institutsional uslubining rivojlanishini ifoda etadi. Uslubning huquqiy tarkibiy qismi obyekt harakatlarining Konstitutsiya, insonning huquq va erkinliklari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlar va amaldagi qonunchilik meʼyorlariga muvofiqligini tahlil etishdan, siyosiy jihatdan esa ushbu harakatlarning siyosiy maqsadlarini va natijalarini aniqlashdan iboratdir.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan amalga oshirilayotgan tadqiqotlar majmuaviy va koʻp qirrali xarakterdadir. Ular mamlakatdagi murakkab ijtimoiy jarayonlarning tahliliga va mamlakatning ham ijtimoiy, ham siyosiy tuzilmasidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq muammolar spektrini oʻrganishga bagʻishlangan.

IQTISODIYOT

Iqtisodiy madaniyat sohasidagi tadqiqotlar jamiyatning (bozor, davlat-demokratiya va avtoritarizm) iqtisodiy va siyosiy tuzumi bogʻliqligini aniqlashga, qadriyatlar (eʼtiqodlar) tizimining iqtisodiy tuzum bilan oʻzaro taʼsirini qayta anglashga, mintaqaviy qoloqlik va muvozanatning buzilishi, islohotlarni qabul qilish va joriy etishdagi muvaffaqiyatsizliklarni aniqlashga, dolzarb isteʼmol madaniyatini oʻrganishga, va nihoyat, iqtisodiy nazariyaning oʻzida va ijtimoiy fanlarda taftish oʻtkazishga yordam beradi.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi Oʻzbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha madaniy, diniy va institutsional tafovutlarni eʼtiborga oladigan, iqtisodiy muhitning isteʼmolchilar xulq-atvoriga taʼsiri, kompaniyaga munosabat, xizmatlar va mahsulotlar sifatini baholash va h.k.larni oʻrganadigan mintaqaviy tadqiqotlarni muntazam ravishda oʻtkazib keladi.

Yangiliklar

So‘rov

Ayting-chi, shaxsan Siz aholi o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovlarining o‘tkazilishiga qanday munosabatdasiz?

Javob uchun raxmat

reklama

Mana, 26 yildirki, biz jamoatchilik fikrini oʻrganayapmiz, tahlil qilayapmiz va baholayapmiz!
Markaz ekspertlari Sizning barcha savollaringizga javob topishda va Sizni qiziqtirgan masalalarni oʻrganishda yordam berishlari mumkin.