17

Ilmiy jamoatchilik va keng kitobxonlar ommasi uchun quvonchli yangilik!
Sotsiologiya fanlari doktori, (DSc) Dilorom Tashmuxamedovaning – “Z-AVLOD: UMID, ISHONCH VA XAVOTIR MANBAI” nomli monografiyasi chop etildi!

Bu monografiya internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli muhitning Z-avlod ruhiyati, xulqi va kelajakdagi oʻrniga qanday taʼsir koʻrsatayotganini ilmiy asosda tahlil etadi. Shuningdek, ularning axloqiy barkamolligi, ruhiy salomatligi va axborot oqimlariga qarshi immuniteti haqida soʻz boradi.

Bugungi yoshlar – kechagi dunyo uchun moʻljallanmagan.
Z-avlod – internetda tugʻilgan, raqamli muhitda oʻsgan, axborot oqimida yashaydigan, zamonaviy psixologik xulq-atvor va aloqa madaniyatiga ega boʻlgan avloddir.

Kitobda bir qator mavzular qamrab olingan boʻlib ular quyidagilar:

  • Z-avlod va raqamli muhit oʻrtasidagi oʻzaro taʼsir mexanizmlari;
  • Internetning bolalar va oʻsmirlar ongi va miyasiga taʼsiri;
  • Xalqaro tashkilotlar (YuNISEF, BMT, JSST) tahlillari va tavsiyalari;
  • Oʻzbekistondagi yoshlar orasidagi soʻrovlar va real statistika;
  • Axborot xavfsizligi, bulling, ruhiy salomatlik va oʻzini anglash muammolari;
  • Z-jargonlar lugʻati va zamonaviy yoshlar tilidagi yangi formalar;

Mazkur kitob yoshlar siyosati va taʼlim sohasida ishlovchi mutaxassislar, ota-onalar va tarbiyachilar, psixologlar, sotsiologlar va ilmiy xodimlar uchun moʻljallangan.

Z-avlod – kelajak emas, bugungi kunning oʻzi. Ularni tushunish – faqat his etish emas, balki ilmiy tahlil qilish bilan boshlanadi.