“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomidagi nodavlat notijorat tashkilotidir. “Ijtimoiy fikr” Markazining bosh maqsadi mamlakat taraqqiyotining barcha sohalarida jamoatchilik fikri dinamikasining asosiy tendensiyalarini aniqlash, oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek, tizimli monitoringini olib borish hisoblanadi.

“Ijtimoiy fikr” Markazi 1997-yilda tashkil etilgan va shu yildan boshlab Markazning tadqiqot jamoasi butun mamlakat miqyosida birinchi boʻlib jamoatchilik fikrining sotsiologik soʻrovlarini muntazam ravishda oʻtkazishni boshladi. Oʻzining yigirma yildan ortiqroq faoliyati davomida Markaz sotsiologiya fanida mavjud turli xil usullar asosida 650dan ortiq majmuaviy tadqiqotlar oʻtkazdi.

Bizning yutuqlarimiz

“Ijtimoiy fikr” Markazi tarixi raqamlarda

26

yillik tajriba

650

+

ming respondentlar

650

+

tadqiqotlar

58

xodimlar

Bugun “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi Oʻzbekistonda jamiyat hayotining keng koʻlamdagi dolzarb masalalari yuzasidan jamoatchilik fikrini oʻrganish sohasida yetakchi tadqiqot tashkiloti hisoblanadi. Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishi sohasida jamoatchilik fikrini oʻrganishdir.

Tashkilotda muammolarning anʼanaviy spektridan tashqari, mehnat bozori, migratsiya, odam savdosi, korrupsiya, yoshlar, ayollar va katta yoshdagilar muammolari, ekologiya muammolari, reproduktiv salomatlik masalalari, oiladagi munosabatlar va oilaviy qadriyatlar kabi koʻplab boshqa masalalarni tadqiq etish dasturlari ham amalga oshiriladi. Markaz sotsiologiya, psixologiya, siyosatshunoslik, tarix, demografiya, iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislar shtatiga hamda turli daraja va koʻlamdagi kompleks monitoring tadqiqotlarini oʻtkazish uchun zarur axborot va texnik resurslarga ega. Markaz tarkibida davlat, nodavlat va xalqaro tashkilotlar boʻlgan sheriklari bilan yaqin hamkorlik qiladi va ularga keng koʻlamli tadqiqot xizmatlarini koʻrsatadi.

Сўров

Ayting-chi, shaxsan Siz aholi o‘rtasida jamoatchilik fikri so‘rovlarining o‘tkazilishiga qanday munosabatdasiz?

Жавоб учун рахмат

Rahbariyat

RAXIMOVA

Nigina Xayrullayevna

Iqtisodiyot fan doktori, direktor

+998 71 239 43 38

rahimova@ijtimoiyfikr.uz

XADJIMUXAMEDOV
Marat Karimovich

direktorining birinchi orinbosari

+ 998 71 239 84 27

xadjimuhamedov@ijtimoiyfikr.uz

ALEKSEEVA
Viktoriya Sergeevna

SOSIOLOGIYA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PHD) DOSENT, ILMIY IShLAR VA INNOVASIYaLAR BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARI

+998 71 239 16 62

science@ijtimoiyfikr.uz

POPENKOVA
Al'bina Viktorovna

moliyaviy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari

+998 71 239 84 28

finance@ijtimoiyfikr.uz

AXMEDOVA
Dildora Olimjonovna

SOTSIOLOGIYa FANLARI BO‘YIChA FALSAFA DOKTORI (PHD), MATBUOT XIZMATI RAHBARI

+998 71 239 16 68

ps@ijtimoiyfikr.uz

Markaz tuzilmasi