113

Davlatimiz konstitutsiyasida Oʻzbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega boʻlgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat deb belgilab qoʻyilgan. 

Dunyoviy davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida fuqarolarga millati va diniy eʼtiqodidan qatʼiy nazar, teng huquq va imkoniyatlar yaratish belgilangan. Shuningdek,
Konstitutsiyamizda har bir inson haq-huquqi va erkinligi kafolatlangani xususida shunday deyilgan: “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga eʼtiqod qilishi yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi”.

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi mamlakat fuqarolarining mutlaqo turli-tuman masalalar, jumladan, Inson huquq va erkinliklari: baholar, fikrlar va munosabatlar, mamlakatda gender tenglikning taʼminlanishi haqida,  oila va oilaviy qadriyatlarning roli haqidagi fikr va tasavvurlarini aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib bormoqda. Xususan, Markaz har yili millatlararo bagʻrikenglik munosabatlari, oilaviy, shaxslar-aro munosabatlar, gender tenglik, inson huquq va erkinliklari, er-xotin, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar, yoshlarning hayotiy pozitsiyalarini oʻrganish monitoringini amalga oshiradi.

“Dunyo boʻylab” telekanalining “Bevosita muloqot” dasturida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi direktorining oʻrinbosari Marat Karimovich Xodjimuhamedov bilan “Oʻzbekiston: dunyoviy davlat – yanada taraqqiyot va farovonlik garovidir” mavzusida boʻlgan suhbatda Oʻzbekiston dunyoviy davlatligi, din davlatdan, siyosatdan ajratilganligi, xar bir fuqaro millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qatiy nazar qonun oldida teng huquqliligi va teng sharoitlar yaratilganligi, gender tenglik va yoshlar dunyoqarashi haqida soʻz bordi.