10.09.2024
98
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganishMarkazi tomonidan “ Zamonaviy maktab: baholar, fikrlar va umidlar” mavzusida jamoatchilik fikrisoʻrovini oʻtkazishni boshladi.
Mamlakatimiz aholisining bugungi zamonaviy maktablar haqidagi fikrlarini, yaʼni, davlat maktablari, ixtisoslashgan maktablar va xususiy maktablarga nisbatan jamoatchilik fikrini oʻrganish doimo “Ijtimoiy fikr” Markazi faoliyatining diqqat markazida boʻlib kelyapti.
Mazkur tadqiqot davomida fuqarolarimizning mamlakatimizdagi maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, darsliklar bilan taʼminlanganligi, oʻquv xonalarining jihozlanishi darajasi, darsliklarning sifati, farzandlarining taʼlim olish jarayoni, olayotgan baholaridan ota-onalarning xabardorligi va qoniqish darajasi oʻrganiladi.
Shuningdek, ushbu tadqiqotda oʻqituvchilarning va oʻquvchilarning xulq-atvori, oʻzaro munosabati, darslarni oʻzlashtira olishi va uy vazifalarini bajarishi, maktabdagi oʻquv yuklamasining holatini aniqlashdan iborat boʻladi.
Sotsiologik tadqiqot oʻtkazish davomida, bugungi kundagi umumtaʼlim maktablaridagi oʻquv jarayonida qanday muammolar mavjudligi, maktablardagi taʼlim sifatini oshirish uchun qanday chora-tadbirlar qoʻllash kerakligi kabi savollarga aholining fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.
Ushbu soʻrovda mamlakatimizning barcha hududlari aholisi, shahar va qishloq aholisi, 18 yosh va undan katta yoshdagi erkaklar va ayollar, turli millatlar, ijtimoiy guruhlar vakillari, turli soha va tarmoqlarda band boʻlganlar ishtirok etadilar.