272

“Jamoatchilik fikrini oʻrganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, usullar, amaliyot” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminarning POST-RELIZI

2023-yil 23-fevral kuni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazida ilmiy-amaliy seminarlarning choraklik turkumi doirasida “Jamoatchilik fikrini oʻrganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, usullar, amaliyot” mavzusida ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi, uning maqsadi amaliy tadqiqotlarni tayyorlash va oʻtkazish davomida yuzaga keladigan kasbiy, empirik vazifalarning yechimi yuzasidan ilmiy munozara tashkil etish va uni yoritishdan iborat edi. Markaz tomonidan soʻnggi oylarda olib borilayotgan tadqiqotlar ilmiy munozara asosi boʻldi.

Seminarda boʻlinmalar va boʻlimlar boshliqlari, tahlilchilar va Markaz xodimlari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilari eʼtiboriga ekspress-tadqiqotlar boʻlimi rahbari Mansur Seitov va yetakchi tahlilchi Aziz Tadjibayevning “Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari: fuqarolik faolligi, jamoatchilik nazorati va davlat bilan ijtimoiy sheriklik” hamda “Fuqarolar mamlakat Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi toʻgʻrisida” mavzularidagi sotsiologik soʻrovlar misolida empirik tadqiqotlarni tayyorlash va oʻtkazishning oʻziga xos jihatlari hamda mexanizmlari haqidagi maʼruza-taqdimotlari havola etildi.

Xususan, tadqiqotni tayyorlash jarayonida amalga oshirilgan quyidagi ishlar taʼkidlab oʻtildi: rejalashtirilgan soʻrovda ishtirok etish imkoniyati va xohish-istagini aniqlash uchun intervyuyerlar bilan muzokaralar olib borildi; tadqiqotning ishchi vositalari tayyorlandi, tasdiqdan oʻtkazildi, tarjima qilindi, tadqiqot jarayonini boshlash uchun axborot berildi. Soʻngra savolnomani CATI platformasiga 14 tadan ortiq pozitsiya boʻyicha 2 tilda kiritish, savolnomalar toʻldirilishining toʻgʻriligini tekshirish uchun bazani har kuni nazorat qilish (mantiqiy nazorat) ishlari amalga oshirildi, 175 ta audiomateriallar tinglandi, soʻrov yakunida baza boʻshatildi – keyin ishlov beriladigan qoʻngʻiroqlarning umumiy soni 732 tani, tasodifiy terilgan raqamlarga qoʻngʻiroqlar soni esa 2089 tani tashkil etdi va natijali savolnomalarning yakuniy maʼlumotnomasi tayyorlandi.

Seminarda taqdim etilgan maʼruzalar muhokamasi boʻlib oʻtdi va unda 2023-yilda dala tadqiqotlarini oʻtkazish texnologiyasi va intervyuyerlarning joylarda ishlash texnologiyasiga doir ilmiy-uslubiy qoʻllanmani tasdiqlash toʻgʻrisida taklif bildirildi.