39

Jamoatchilik fikri soʻrovlarini oʻtkazishda umummilliy reprezentativ tanlovni shakllantirish metodikasi

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazining xodimlari I.M.Bokun, I.V.Reshetnikov, A.V.Kuznesovalar tomonidan “Jamoatchilik fikri soʻrovlarini oʻtkazishda umummilliy reprezentativ tanlovni shakllantirish metodikasi” nomli oʻquv uslubiy qoʻllanma tayyorlandi va nashr etildi.

Ushbu oʻquv-uslubiy qoʻllanmada sotsiologik soʻrovlar tanlovini loyihalash, amalga oshirish va nazorat qilishning asosiy zamonaviy xorijiy va mahalliy konsepsiyalari taqdim etilgan, tanlovga eng muhim uslubiy yondashuvlar, ushbu konsepsiyalar va yondashuvlarning amaliyotga tatbiq etilishi namoyon boʻlgan amaliy misollar bayon qilingan.

Uslubiy qoʻllanma amaliyotchi intervyuerlar, sotsiologlar, oʻqituvchilar, talabalar, magistrantlar va boshqalar uchun moʻljallangan.

Тўлиқ шарҳни юклаб олиш