29.04.2025
8
Joriy yilning 29–30 aprel kunlari Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali tashkil etilganining 30 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar oʻtkazildi. Ushbu sana munosabati bilan tuzilgan rasmiy dastur Oʻzbekiston va Rossiyaning davlat, fan va taʼlim sohasidagi yetakchi arboblari ishtirokida yuqori saviyada tashkil etildi. Shuningdek, mazkur tadbir davlat va jamoatchilik doiralari, ilmiy jamoa va xalqaro hamkorlar ishtirokida katta shukӯh bilan nishonlandi.
Tadbirni Toshkent filiali direktori, akademik Qalandar Xodjayevich Abdurahmonov rasman ochib berdi. U oʻz nutqida taʼlim va fan sohasidagi yutuqlar, kadrlar tayyorlashdagi xalqaro hamkorlik va raqamli transformatsiya yoʻlida erishilgan natijalar haqida alohida toʻxtaldi.
Shuningdek, tadbir doirasida qator rasmiy va ilmiy-amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan:
- G.V.Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori hamda I.V.Lobanov va prorektori V.G. Minashkinlar tantanali tabrik nutqlari;
- Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi O.S. Malginov;
- Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov ishtirokidagi rasmiy tabrik nutqlari yuqori darajada oʻtdi.
Tadbirda “Ijtimoiy fikr“ Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori Nigina Raximova hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Mansur Seitovlar ishtirok etdi. Ular Toshkent filiali jamoasiga samimiy tabriklar yoʻllab, taʼlimda jamoatchilik fikrining oʻrni, institutlararo muloqot va islohotlar jarayonidagi rolini alohida qayd etdilar.
Tadbir dasturi doirasida sunʼiy intellekt sohasidagi Ilgʻor muhandislik maktabining ochilishiga bagʻishlangan ramziy “ПУСК” tugmasini tantanali bosish marosimi amalga oshirildi.
Ilmiy blok doirasida xalqaro mutaxassislar va ekspertlar qatnashgan qator muhim tadbirlar tashkil etildi. Jumladan, tadbirda “Iqtisodiyotda sunʼiy intellektdan foydalanish: bank-moliya sohasi tahlili” nomli davra suhbati boʻlib oʻtdi va shu sohadagi dolzarb muammolar hamda istiqbolli yoʻnalishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar uchun universitet ekspozitsiyalari va kutubxona nashrlari namoyish etildi, ilmiy-amaliy anjumanlar, master-klasslar va madaniy dasturlar oʻtkazildi.
Bugun Plexanov universitetining Toshkent filiali nafaqat iqtisodiy bilimlar markazi, balki xalqaro darajada tan olingan ilmiy-innovatsion maydon sifatida faoliyat koʻrsatmoqda. Yubiley tadbiri esa ushbu yoʻldagi ilmiy, taʼlimiy va strategik taraqqiyotning muhim bosqichi sifatida tarixga muhrlandi.