29.01.2025
9
Joriy yilning 28 yanvar kuni «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazida Taʼsischilarining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.
Majlis kun tartibiga asosan “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019 yil 22 fevraldagi Farmoni ijrosini taʼminlash yuzasidan 2024 yilda amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisida”gi hisoboti tinglandi va muhokama qilindi.
Taʼsischilar majlisida Markazning 2025 yil uchun ish rejasi loyihasi muhokama qilindi va bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tasdiqlandi.