45

Acted halqaro NNT Toshkent shahridagi International Hotel mehmonxonasida “Markaziy Osiyoda gender asosidagi zoʻravonlikning oldini olishda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining rolini kuchaytirish” mavzusidagi loyixaning yakuniy tadbirini hamda Markaziy Osiyo jamoatchilik tashkilotlarining hududiy yigʻilishini oʻtkazdi.

Bu tadbir Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda zoʻravonlik xavfi ostida boʻlgan va zoʻravonlikka uchragan xotin-qizlarni himoya qilish uchun fuqarolik jamiyati salohiyatini mustahkamlash loyihasining muhim bosqichi hisoblanadi. Loyiha Fransiya taraqqiyot agentligi (FAR) tomonidan moliyalashtirilgan va Shveysariya hukumati (Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi) tomonidan hamkor sifatida amalga oshirilgan mintaqaviy loyiha hisoblanadi.

2018 yildan buyon Acted Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyatining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan loyihalarni faol amalga oshirib kelmoqda. Bu loyihalar qonunlarni samarali joriy etish, qoʻllab-quvvatlash xizmatlariga kengroq kirish imkoniyatini taʼminlash va ayollarning iqtisodiy hamad huquqiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga, ijtimoiy normalar va adolatli xulq-atvorni targʻib qiladi. Bu faoliyat Yevropa komissiyasi, Britaniyaning tashqi ishlar, hamdoʻstlik va taraqqiyot vazirligi, ENGIE jamgʻarmasi va Moskvadagi Yangi Zelandiya elchixonasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Ushbu tashabbus doirasida Acted fuqarolik jamiyatiga qonunchilikni samarali joriy etishni qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda, va xotin-qizlarning iqtisodiy hamda huquqiy imkoniyatlarini kengaytirishga yordam bermoqda, shu bilan birga ijtimoiy normalar va adolatli xulq-atvorni targʻib qilmoqda. Huquqiy asoslarni mustahkamlab, xotin-qizlarga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar salohiyatini oshirish va xotin-qizlarni toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllab-quvvatlash orqali Acted va uning hamkorlari xotin-qizlarga zoʻravonlikdan xoli barqaror hayotga erishish va jamiyatda oʻz oʻrnini topishda yordam berishni maqsad qilgan.

Tadbirni Demokratiya va inson huquqlari instituti direktori, Bilge Menekse — Acted kompaniyasining loyihalarni rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy menejeri — Sayyora Ataxanovna Xodjaeva olib bordi.

Mazkur tadbirni Actedning Oʻzbekiston filiali mamlakatiy direktori— Dilfuza Zakirova,  Oila va xotin-qizlar  qoʻmitasi raisi — Ozoda Parpiboeva, Shveysariya elchixonasining hamkorlik boʻyicha oʻrinbosari, (menejment va migratsiya) mintaqaviy maslahatchisi — Ursula Keller, Fransiya(AFD) rivojlanish agentligi vakili — Renaud Mod xonimlar ochib berishdi.

Mazkur tadbirda Ijtimoiy fikr respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha direktor oʻrinbosari, Sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent Alekseeva
Viktoriya Sergeevna, hamda moliyaviy masalalar boʻyicha direktor oʻrinbosari Popenkova Albina Viktorovnalar ishtirok etishdi.

Tadbirda loyihaning Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistonda amalga oshirilgan ishlarning  natijalari, loyihani amalga oshiruvchi hamkorlarning, asosiy manfaatdor tomonlarning va xotin-qizlarning muvaffaqiyat tarixlari, ilgʻor tajribalari va oʻrganilgan maʼlumotlarni sharxlash, faoliyatlar natijalarini jamlash shuningdek kelgusidagi hamkorlikda olib boriladigan ishlar boʻyicha fikr-mulohazalarni muhokama qilishni oʻz ichiga oldi.

Tadbirning 2-kuni jamoat tashkilotlarining hududiy yigʻilishi Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati tashkilotlari oʻrtasida seminarlar va muhokamalar bilan davom etadi. Asosiy eʼtibor ijtimoiy muloqotni kengaytirishga qaratildi, birlashish va tarmoq yaratish uchun platforma yaratish oʻz harakat dasturlari va oldinga siljish yoʻllari tajribasini almashish uchun oʻzaro hamkorlik gʻoyalari ilgari surildi.

Tadbir 2024-2026 yillarga moʻljallangan yangilangan strategik yoʻl xaritasini ishlab chiqish bilan yakunlandi.