21.11.2026
28
2026-YIL SARHISOBI, JAMOATÇILIK BAHOSI VA 2027-YILDAN KUTUVLAR
“Ijtimoiy fikr”respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi “Mamlakat fuqarolari jamiyat hayotining asosiy sohalari holati va dinamikasi haqida: dolzarb muammolar va 2027-yil uçun ustuvor yönalişlar” mavzusida respublika miqyosida sotsiologik tadqiqot ötkazişni boşladi.
Tadqiqotdan közlangan asosiy maqsad — 2026-yil davomida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz bergan özgarişlarga aholining munosabatini örganiş, dolzarb muammolarni aniqlaş hamda 2027-yil uçun fuqarolarning ustuvor ehtiyojlari va kutilmalarini baholaşdan iborat.
Sotsiologik sörov doirasida aholining turmuş darajasi, daromadlari va bandligi, ta’lim, soğliqni saqlaş, ijtimoiy himoya, kommunal xizmatlar, ekologiya, mahalla instituti hamda davlat boşqaruvi sohalaridagi özgarişlarga jamoatçilik bahosi örganiladi. Şuningdek, fuqarolarning şaxsiy va oilaviy farovonligi, yil davomida erişgan yutuqlari, duç kelgan qiyinçiliklari hamda kelajakka işonçi tahlil qilinadi.
Tadqiqotda 2027-yilda birinçi navbatda hal etilişi zarur bölgan muammolar, ijtimoiy rivojlanişning ustuvor yönalişlari va aholi tomonidan taklif etilayotgan amaliy çora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratiladi.
Tadqiqot natijalari mamlakatdagi ijtimoiy jarayonlarni jamoatçilik fikri asosida baholaş, aholining real ehtiyojlarini aniqlaş hamda fuqarolar manfaatlariga yönaltirilgan qarorlar qabul qiliş uçun ilmiy-tahliliy asos bölib xizmat qiladi.


