10

Diqqat, Internet-firibgarlik: aldov qurboniga aylanib qolmang

Zamonaviy dunyoda Internet hayotimizning ajralmas tarkibiy qismiga aylandi. Biz undan muloqotda, ish, oʻqish jarayonida va turli ermaklar uchun foydalanamiz. Internet hayotimizda bizga juda asqatadi, lekin, shu bilan birga, Internetda koʻplab xavf-xatarlar ham mavjud, ulardan biri firibgarlik hisoblanadi.

Firibgarlar foydalanuvchilarni aldash va ularning shaxsiy maʼlumotlari yoki pullaridan foydalanish imkonini qoʻlga kiritish uchun turli usullardan foydalanadilar. Ular soxta saytlar yaratishi, zararli havolalari bor elektron xatlar yuborishi, oʻzini bank yoki boshqa tashkilotlarning xodimlari sifatida tanishtirishi mumkin.

Firibgarlar oʻzlarini turli tashkilotlar, jumladan, sotsiologik xizmatlar xodimlari sifatida tanishtirib, telefon qoʻngʻiroqlaridan, ayniqsa, tez-tez foydalanadilar. Ular mukofot vaʼda qilib, soʻrovda ishtirok etishni taklif qilishi yoki bank kartasi raqami yoki shaxsiy kabinetingiz paroli kabi shaxsiy maʼlumotlarni ayyorlik bilan qoʻlga kiritishga harakat qilishi mumkin.

Shu munosabat bilan “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM fuqarolarning eʼtiborini sotsiologik xizmatlar xodimlari nomidan telefon qoʻngʻiroqlari bilan bogʻliq firibgarlik holatlari koʻpayib borayotganiga qaratadi.

Firibgarni qanday qilib aniqlash mumkin?

  • Hushyor boʻling. Sizga telefon orqali qoʻngʻiroq qilib, oʻzini qaysidir tashkilotning xodimi deb tanishtiradigan notanish kimsalarga ishonmang.
  • Shaxsiy maʼlumotlaringizni bermang. Hech qachon telefon orqali bank kartangiz raqami, shaxsiy kabinetingiz paroli yoki shu kabi oʻzingizning boshqa maxfiy, shaxsiy maʼlumotlaringizni bermang.
  • Axborotni tekshiring. Agar sizga biror-bir tashkilotdan qoʻngʻiroq qilishsa, qoʻngʻiroq qiluvchiga ishonishga shoshilmang. Tashkilotning saytida koʻrsatilgan rasmiy telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, axborotni tekshiring.
  • Havolalarni bosmang. Elektron pochta yoki notanish kishilarning xabarlari bilan sizga yuborilgan havolalarni bosmang.
  • Antivirus dasturini oʻrnating. Oʻz kompyuteringiz va uyali aloqa telefoningizga sizni zararli dasturlardan himoya qiladigan ishonchli antivirusni oʻrnating.

 

«Ijtimoiy fikr” RJFOʻM qanday tartibda ishlaydi?

  • “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM telefon, f2f (face-to-face - yuzma-yuz shaxsiy intervyu) va onlayn soʻrovlarni faqat rasman eʼlon qilingan tadqiqotlar doirasida oʻtkazadi. Bu shuni anglatadiki:

Tadqiqotning oldindan ishlab chiqilgan dasturi mavjud. Har bir soʻrovda aniq maqsad, metodologiya va savollar roʻyxati boʻladi. Tadqiqot metodologiyasi tadqiqot maqsadlariga erishish uchun qanday ma’lumotlarni to‘plash kerakligini aniqlaydi. Tadqiqot mavzusi va maqsadlariga qarab, tadqiqot xodimlari respondentdan ismi, yoshi, yashash joyi, kasbi va boshqalar kabi shaxsiy ma’lumotlarni so‘rashi mumkin. Yig‘ilgan shaxsiy ma’lumotlar umumiy shaklda qayta ishlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi. Xodimlar tadqiqot ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlaydi. Soʻrovlar beixtiyor oʻz-oʻzidan oʻtkazilmaydi.

  • Oʻtkazilayotgan tadqiqotlar haqidagi axborotlardan foydalanish imkoni “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida jamoatchilikni xabardor qilishga harakat qiladi. Bu rasmiy sayt, press-relizlar yoki boshqa aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi mumkin.
  • Soʻrov oʻtkazayotgan xodimlar Soʻrov (ayniqsa, telefon va yuzma-yuz soʻrovlar) oʻtkazayotgan xodimlarda oʻzlarining “Ijtimoiy fikr” RJFOʻMga tegishli xodim ekanligini tasdiqlash imkoni boʻladi. Ular oʻzining xizmat guvohnomasi raqamini, oʻtkazilayotgan tadqiqot nomini aytishi va tekshirish mumkin boʻlgan boshqa maʼlumotlarni taqdim etishi mumkin.
  • «Ijtimoiy fikr” RJFOʻMning aloqa maʼlumotlaridan barchaning foydalanish imkoni mavjud. «Ijtimoiy fikr” RJFOʻMning rasmiy saytida doimiy aloqa maʼlumotlari, jumladan, telefon raqamlari va tashkilot manzili koʻrsatilgan. Istalgan kishi tashkilot bilan bogʻlanishi, oʻtkazilayotgan soʻrovning haqiqiyligi yoki qoʻngʻiroq qiluvchining shaxsini aniqlab, ishonch hosil qilishi

«Ijtimoiy fikr” RJFOʻMning nomini roʻkach qiladigan firibgarlar qurboniga aylanmaslik uchun eʼtibor qaratish lozim boʻlgan asosiy jihatlar:

  • Shubhali savollar: Agar soʻrov davomida sizga shaxsiy moliyaviy maʼlumotlaringiz (bank kartasi raqami, PIN-kod, CVV-kod), pasport, JShShIR(jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami) va boshqa maxfiy maʼlumotlaringizga oid savollar berilsa, bu sizni hushyor torttirishi «Ijtimoiy fikr” RJFOʻM hech qachon bunday maʼlumotlarni soʻramaydi.
  • Shoshiltirish va bosim: Firibgarlar koʻpincha berilayotgan axborotni oʻylab koʻrish va tekshirishga sizning vaqtingiz boʻlmasligi uchun shoshilinch vaziyatni yaratishga harakat qilishadi. Ular sizni javob berishga shoshiltirishi, allaqanday oqibatlar bilan tahdid qilishi mumkin. Bunday hollarda siz xotirjam boʻlishingiz lozim va har qanday vaziyatda ham hech qanday shaxsiy maʼlumotlarni zinhor bermasligingiz kerak.
  • Maʼlumotlarning mos kelmasligi: qoʻngʻiroq qiluvchining sizga taqdim etgan maʼlumotlarini “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM rasmiy saytidagi maʼlumotlar bilan solishtir Telefon raqamlari, tadqiqotlarning nomlariga eʼtibor bering. Har qanday nomuvofiqliklar ham sizni hushyor torttirishi kerak.
  • Shubhalar - tekshirish uchun bahona: Agar sizda qoʻngʻiroq qiluvchi yoki soʻrovning haqiqiyligiga zarracha boʻlsa-da, shubha paydo boʻlsa, Markazning rasmiy saytida koʻrsatilgan telefon raqamlari orqali bevosita “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM bilan bogʻlanishga hech tortinmang. Firibgarlarning qurboniga aylanishdan koʻra, maʼlumotlarni tekshirishga ozgina vaqt sarflash yaxshiroq ekanligini unutmang.

Yodingizda tuting, hushyorlik va ehtiyotkorlik firibgarlikka qarshi kurashishda sizning asosiy ittifoqchilaringiz hisoblanadi. Notanish kishilarga ishonmang, maʼlumotlarni tekshiring va oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni bermang.

Agar siz firibgarlik qurboniga aylansangiz:

Agar siz firibgarlik qurboniga aylansangiz, darhol huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qiling.

Yodingizda tuting:

Doimo hushyor va ehtiyot boʻling, notanish kishilarga ishonmang va oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni ularga zinhor bermang.