50

«JAMIYATNI KÖRA OLIŞ»: SOTSIOLOGLARNING YANGI AVLODI SARI

25-noyabr kuni Toşkent şahrida «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari örtasida akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva nomidagi «Jamiyatni köra oliş» sotsiologik tanlovi ötkazildi.

Mazkur tadbir Özbekistonda sotsiologiya fanining şakllanişi va rivojlanişiga salmoqli hissa qöşgan taniqli olima, akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva tavalludining 90-yilligi munosabati bilan taşkil etilgan «Akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning ilmiy merosi: fan, jamiyat, avlodlar» sotsiologik festivalining mantiqiy davomi böldi. Festival 4-noyabr kuni «Ilmiy meros va zamonaviylik» mavzusidagi davra suhbati bilan boşlangan bölsa, 16-noyabr kuni Markazning yoş xodimlari örtasida «Sotsiologiya amalda» intellektual turniri ötkazildi.

Tanlovning asosiy maqsadi yoşlarning sotsiologik tafakkurini rivojlantiriş, ijtimoiy voqelikni ilmiy idrok etiş va tahlil qiliş qobiliyatini şakllantiriş, nazariy bilimlarni empirik tadqiqotlar bilan uyğunlaştiriş, şuningdek, iqtidorli yoşlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etişdan iborat.

Tanlovda respublikamizning beşta oliy ta’lim muassasasidan 11 ta talabalar jamoasi iştirok etdi. Ular:

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;

Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti;

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti;

Toşkent davlat transport universiteti.

Tadbirni «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori Nigina Xayrullayevna Rahimova kiriş sözi bilan oçib berdi.

Tadbir iştirokçilari e’tiboriga akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning hayoti va ilmiy faoliyati, milliy sotsiologiya maktabining rivojlanişiga qöşgan hissasi hamda ilmiy merosiga bağişlangan hujjatli film havola etildi.

Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori örinbosari, falsafa fanlari nomzodi Şafoat Fayzullayevna Nurullayeva iştirok etdi.

Şuningdek, G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toşkent filiali direktori, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Qalandar Xodjayeviç Abdurahmonov, mazkur filial direktori örinbosari, professor Nodira Zokirova, Sotsiologiya instituti direktori, akademik, sotsiologiya fanlari doktori, professor, Qozoğiston Respublikasida xizmat körsatgan arbob Zarema Kaukenovna Şaukenova hamda akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning nabirasi, Avstriyaning Vena şahridagi Zigmund Freyd universitetining «Psixoterapiya ilmi» yönalişi doktoranti Hilola Sagdullayevna Abdullayeva masofaviy şaklda iştirok etib, sözga çiqdilar.

Tadbir doirasida akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva nomidagi Sotsiologlar maktabi faoliyati yölga qöyilgani rasman e’lon qilindi. Uşbu taşabbus milliy sotsiologiya maktabining ilmiy an’analarini davom ettiriş, ustoz-şogird munosabatlari va ilmiy avlodlar vorisiyligini mustahkamlaş, yoş tadqiqotçilarning intellektual hamda kasbiy salohiyatini rivojlantirişga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.

Tanlovning öziga xos xususiyati uning amaliy tadqiqotçilik tamoyili asosida taşkil etilganida namoyon böldi. Bellaşuvga tayyorgarlik jarayonida talabalar jamoalari mustaqil ravişda dala sotsiologik tadqiqotlarini ötkazib, olingan empirik natijalarni tadbir davomida taqdim etdilar. Bu orqali iştirokçilar ijtimoiy hodisa va jarayonlarni bevosita örganiş, ma’lumotlarni tahlil qiliş, ularni ilmiy talqin etiş hamda tadqiqot natijalarini taqdim qiliş böyiça amaliy tajriba orttirdilar.

Tanlov ikki bosqiçda ötkazildi.

Birinçi bosqiç — «Muammoni köriş» sotsiologik tadqiqotni loyihalaş böyiça iştirokçilarning bilim va amaliy könikmalarini baholaşga qaratildi. Jamoalar oldindan mazmuni oşkor etilmagan topşiriqlarni mustaqil tanlab, belgilangan ijtimoiy vaziyat doirasida tadqiqot muammosini aniqlaş, tadqiqot savolini şakllantiriş va empirik jihatdan tekşiriş imkonini beruvçi ilmiy gipotezalarni ilgari suriş böyiça öz mahoratlarini namoyiş etdilar.

Ikkinçi bosqiç «Zakovat» intellektual bellaşuvi şaklida taşkil etilib, unda iştirokçilarning sotsiologiya fani tarixi, nazariy asoslari va tadqiqot metodologiyasiga oid bilimlari sinovdan ötkazildi. Mazkur bosqiç talabalarning ilmiy dunyoqaraşi, mantiqiy va tahliliy fikrlaş qobiliyati, intellektual hozirjavobligi hamda jamoada samarali işlaş könikmalarini namoyon etiş imkonini berdi.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan iştirokçi jamoalarning natijalari baholanib, ğolib va sovrindorlar aniqlandi:

I örin: “YUKSALIŞ” jamoasi;

II örin: “PARADIGMA” jamoasi;

III örin: “SOCIAL WORKERS” jamoasi.

Tanlovning ilmiy-amaliy ahamiyati, avvalo, talabalarda ijtimoiy voqelikka tadqiqotçi nuqtayi nazaridan yondaşiş madaniyatini şakllantiriş, ijtimoiy muammolarni ilmiy mezonlar asosida baholaş va dalillarga tayangan holda xulosa çiqariş könikmalarini rivojlantiriş bilan belgilanadi. Bunday intellektual maydonlar sotsiologik ta’limning amaliy samaradorligini oşiriş, yoşlarning ilmiy izlanişlarga bölgan qiziqişini rağbatlantiriş hamda oliy ta’lim muassasalari örtasida akademik hamkorlikni kengaytirişda muhim örin tutadi.

Akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva nomidagi «Jamiyatni köra oliş» sotsiologik tanlovi milliy sotsiologiya fanining ilmiy merosini asrab-avaylaş va zamonaviy tadqiqotçilik an’analari bilan boyitiş, sotsiologik bilimlarni ommalaştiriş, jamiyat taraqqiyotiga daxldor jarayonlarni ilmiy asosda örganiş salohiyatiga ega bölgan yangi avlod sotsiologlarini şakllantiriş yölidagi muhim taşabbus böldi.