25

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktor birinchi o‘rinbosari Xadjimuxamedov Marat Karimovich Belarusiya respublikasi Minsk shahrida Belarusiya fanlar akademiyasi qoshidagi Sotsiologiya instituti tomonidan tashkillashtirilgan “ILM-FAN VA JAMIYAT YANGI CHORLOVLAR SHAROITIDA” nomli xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya Belarus Fanlar akademiyasining Tarix institutida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni, Belarus Fanlar akademiyasi Ijtimoiy fanlar instituti direktori, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent — Mislives Nikolay Leontevich, Belarus Fanlar akademiyasi Prezidiumi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor, Belarus Fanlar akademiyasi akademigi — Gusakov Vladimir Grigorevich, Belarus Fanlar akademiyasining Gumanitar fanlar va san’at bo‘limi akademik-kotibi, Belarus Fanlar akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor — Kovalenya Aleksandr Aleksandrovichlar ochib berdi.

Shuningdek tadbirda ishtirok etgan olimlardan, Belarus davlat universitetining sotsiologiya kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor, Belarus Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi — Danilov Aleksandr NikolaevichIlm-fan sotsiologiyasining paydo bo‘lishi zamon talabi sifatida” mavzusida ma’ruza qildi.

Rossiya Fanlar akademiyasi S.I. Vavilov nomidagi Ilm-fan tarixi va texnika institutining bosh ilmiy xodimi, yuridik fanlar doktori, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi — Baturin Yuriy Mixaylovich “Ilmni boshqarish to‘g‘risida” nomli ma’ruzasi bilan qatnashdi.

M.V. Lomonosov nomidagi MDU Qozog‘iston filiali direktori o‘rinbosari, falsafa fanlari doktori, professor, Qozog‘iston Milliy fanlar akademiyasining akademigi — Abdildina Raushan Jabayxanovna “Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ilmiy faoliyat natijalarini baholash” mavzusida ma’ruza qildi.

Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasining Ilm tarixi instituti direktori, tarix fanlari doktori, professor - Seidbeyli Mariam Gasanovna “Ozarbayjonda ilmshunoslikning shakllanishi xususiyatlari” mavzuda ma’ruza qildi.

Ushbu tadbirda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi direktori birinchi o‘rinbosari - Xadjimuxamedov Marat Karimovich “O‘zbekistonda amaliy sotsiologik tadqiqotlar: asosiy mavzular va ilmiy muammolar “Ijtimoiy fikr” RJFO‘M faoliyati misolida” ma’ruzasi bilan ishtirok etib o‘z fikr mulohazalari bilan bo‘lishdi.

Konferensiyaning yakunlovchi qismida ilmiy muhokamalar yanada chuqurlashtirilib, har bir ma’ruza va davra suhbatlarining xulosalari yoritib o‘tildi. Ishtirokchilar o‘zlari taqdim etgan ilmiy ishlar bo‘yicha fikr almashdilar, shuningdek, kelgusi tadqiqot yo‘nalishlari, yangi metodologiyalar va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.