30.10.2024
54
Joriy yilning 30 oktyabr kuni Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, Oʻzbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, International school of finance technology and science instituti bilan hamkorlikda “Sotsiologiya va psixologiyaning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur konferensiya ilmiy-amaliy xarakterga ega boʻlib, bugungi zamonaviy taraqqiyot sharoitida oʻzgarib va dolzarblik kasb etayotgan ijtimoiy va psixologik muammolar tahliliga bagʻishlandi.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Xadjimuxamedov Marat Karimovich maʼruzasi bilan ishtirok etib, oʻz fikr mulohazalari, taklif tavsiyalari bilan boʻlishishdi, shu bilan birga professor-oʻqituvchilar, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, izlanuvchilar, magistrlar va talabalar shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur konferensiya orqali olimlar, soha mutaxassislari ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirilishi, mamlakatlarining ilm-fan, madaniyat hamda xalq diplomatiyasi sohasidagi tajribalari oʻrganishi amalga oshirildi va ilgʻor texnologiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi hamda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muammolar va ularning yechimlari boʻyicha xulosa hamda takliflar berildi.