42

14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish Markazida Adliya organlarining mas’ul xodimlari uchun “Axborot-tahliliy faoliyat va qaror qabul qilish asoslari” mavzusidagi, 2024-yilning 11-15-noyabr kunlariga rejalashtirilgan qisqa muddatli o‘quv kursi doirasida Ijtimoiy fikr respublika jamoatchilik fikrini o’rganish Markazi hodimlari, Tezkor tadqiqotlar bo’limi boshlig’i Sotsiologiya fanlari bo’yicha Falsafa doktori (Phd) Seitov Mansur Sherikbayevich hamda Tezkor tadqiqotlar bo’limi mutaxassisi Boboyev Sherzod Norkuziyevich o’zlarining “Sotsiologik tadqiqot tushunchasi,uni o‘tkazish usullari” va “Sotsiologik tadqiqot bosqichlari” mavzusidagi ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Markaz hodimlari tomonidan o’tilgan mahorat darslari tinglovchilar tomonidan iliq qabul qilindi va ular sotsiologik tadqiqotlar to’grisida o’zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan kerakli javoblarni olishdi.

Bu kabi mahorat darslari kelgusida tinglovchilarning nazariy bilim va kasbiy ko‘nikmalari darajasini yanada oshirishga xizmat qiladi desak mubolag’a bo’lmaydi.