11.02.2023
278
Xalqaro davra suhbati
2023-yil 8-fevral kuni G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialida jamiyatda gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishning strategik maqsadlarini hisobga olgan holda, yashil iqtisodiyotga oʻtish yoʻlida ayollar fanining integratsiyasini oʻrganish maqsadida Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Ilm-fandagi xotin-qizlar: yashil iqtisodiyot istiqbollari rivojlanishning yangi paradigmasi sifatida” mavzusida xalqaro davra suhbati boʻlib oʻtdi.
G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozorini tadqiq qilish instituti, Toshkent xalqaro kimyo universiteti, Ostona xalqaro universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyotining ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi davra suhbati tashkilotchilari boʻldilar.
Davra suhbati ishtirokchilari orasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Inson resurslarini boshqarish” kafedrasi, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozorini tadqiq qilish instituti, Ilmiy-uslubiy kengash, Xotin-qizlar jamiyati Kengashi, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali kafedralari, Toshkent xalqaro kimyo universiteti tarix kafedrasi (Oʻzbekiston, Janubiy Koreya), G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Yerevan filiali (Armaniston), Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi, Ostona xalqaro universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi (Qozogʻiston), L.N.Gumilev nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti (Qozogʻiston) va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “Oʻzbekiston iqtisodiy taraqqiyotining ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazi vakillari boʻlishdi.
Quyidagilar davra suhbati ishtirokchilariga tabrik yoʻlladilar:
Gulnora Qalandarovna Abdurahmonova,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori
Janpolat Shomurotovich Kudaybergenov,
iqtisodiyot fanlari nomzodi, Toshkent xalqaro kimyo universiteti rektori
Nigina Xayrullayevna Raximova,
iqtisodiyot fanlari doktori, professor,“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi direktori
Hafiza Xoldorovna Mamadaliyeva,
iqtisodiyot fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mehnat bozorini tadqiq qilish instituti direktorining fan boʻyicha birinchi oʻrinbosari
Zubirash Kalibekovna Smagulova,
iqtisodiyot fanlari nomzodi, PhD, professor, Ostona xalqaro universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi dekani (Qozogʻiston)
Tamara Razmikovna Vardanyan,
tarix fanlari nomzodi, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Yerevan filiali direktori
Davra suhbati doirasida yashil iqtisodiyotda xotin-qizlarning oʻrni bilan bogʻliq keng koʻlamli ilmiy masalalar: yashil iqtisodiyotning asosi sifatida ayollar tajribasi va bilimlari; jamiyatda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish; energetika siyosati: uning loyihalari va dasturlari, barqaror rivojlanishda ayollar; “xotin-qizlar kasblari”: atamani talqin qilish va amaliy tatbiq etish; xotin-qiz olimalar: ilmiy tadqiqotlar, maktablar, kashfiyotlar; ayollarni ish bilan taʼminlashning qonuniy tartibga solinishi va dinamikasi; tadbirkorlikni barqaror rivojlantirish, raqamli gender tenglik boʻyicha xotin-qizlarning tashabbuslari muhokama qilindi.
Manba: https://reu.uz/novosti/zhenshhiny-v-nauke-perspektivy-zeljonoj-jekonomiki-kak-novoj-paradigmy-razvitija/