15.03.2023
226
“Jamoatchilik fikrini oʻrganish va shakllantirishning dolzarb muammolari: nazariya, usullar, amaliyot” ilmiy-amaliy seminarining “Zamonaviy tadqiqotchi: kommunikatsiya, tahliliyot, konsalting” mavzusidagi majlisi PRESS-RELIZI
Soʻnggi yillarda rivojlanib borayotgan jamoatchilik fikrini faol oʻrganish jarayoni odamlarning fikri ijtimoiy munosabatlar holatining muhim ijtimoiy koʻrsatkichi ekanligidan dalolat beradi. Jamoatchilik fikri vaziyatga ozmi-koʻpmi taʼsir qilishi uchun tadqiqot natijalarining yuqori darajada ob’yektivligi va ishonchliligiga, shuningdek, tadqiqotlarning yuqori sifatda oʻtkazilishiga erishish kerak. Bugungi kunda tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha bilim va koʻnikmalarni, sotsiologik maʼlumotlarni tahlil qilish va talqin etish usullarini takomillashtirish zarurati jamoatchilik fikrini oʻrganishga qiziqishni kuchaytiradigan muhim omil hisoblanadi.
Joriy yilning fevral oyida VSIOMning XII Qishki sotsiologiya maktabi oʻz ishini yakunladi, unda turli mamlakatlardan kelgan yosh olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi, nazariy, akademik va amaliy sotsiologiya oʻrtasidagi mavjud toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tajriba va ilmiy nashrlar almashish, sotsiolog-mutaxassislarning malakasini oshirish, ishga maʼruzalar, mahorat darslari va amaliyotlar turkumi kabi zamonaviy usullarni joriy etish yoʻli bilan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazishning uslubiyoti va amaliyotini takomillashtirish boʻyicha ish olib borish uning bosh vazifalaridan biri boʻldi
Ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilariga “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM Axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi boʻlimi rahbari Timur Muratovning “Netvorking, best practice sohiblari va keyslari bilan professional aloqalarni oʻrnatish” mavzusidagi taqdimoti havola etildi, unda VSIOMning XII Qishki sotsiologiya maktabi tinglovchilari boʻlgan yosh olimlar tomonidan olingan tahliliy va amaliy ish tajribasi, best practice sohiblari va keyslari, netvorking bilan tanishuv natijalari taqdim etildi.
Seminar yakunida tadqiqotlar oʻtkazish amaliyotida foydalanish uchun metodologik, uslubiy dasturlar va modellarni yanada takomillashtirish boʻyicha tavsiya va takliflar qabul qilindi.