07.04.2023
296
YOSHLAR VA ILM-FAN
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda ilm-fan salohiyatini sohaga yoshlarni jalb qilish orqali tiklash masalasi davlat ahamiyati darajasidagi ustuvor vazifalardan biri boʻlib qolmoqda. Ushbu masalaga eʼtibor bejiz emas: darhaqiqat, statistik maʼlumotlar sohadagi ilmiy xodimlar tarkibida yosh jihatidan keksayishning doimiy tendensiyasini koʻrsatmoqda.
Vaholanki, soʻnggi paytlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining oʻnlab tegishli Farmonlari, qaror va farmoyishlari qabul qilinib, ilm-fan va taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning yangi bosqichini boshlab berdi. Hukumat tomonidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar majmui mazmun-mohiyati jihatidan fan va taʼlimning butun tizimini izchillik, maqbullik, ochiqlik va raqobatbardoshlik kabi tamoyillarga tayangan holda vertikal isloh qilishni nazarda tutadi.
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Dunyo boʻylab” telekanalidagi “Bevosita aloqa” koʻrsatuvida yoshlar uchun ilm-fanning jozibadorligi va uni ommalashtirish, ilmiy izlanishlarga yoshlarni keng jalb etish tendensiyalari, shuningdek, ilmiy-professional faoliyatga ishtiyoqi baland yoshlar duch kelayotgan muammo va daʼvatlar muhokama qilindi. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazining matbuot xizmati rahbari Tolib Sodiqov va studiyaning boshqa mehmonlari ishtirok etgan ushbu koʻrsatuvda “Ijtimoiy fikr” RJFOʻM tomonidan oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari taqdimoti boʻlib oʻtdi.
VIDEOMATERIAL