199

JONLI EFIR

O‘zbekistonda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish doirasida mahallaning tashkiliy, ijtimoiy va huquqiy maqomini mustahkamlash bo‘yicha chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunga bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinganligi dalil bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahallaning alohida o‘rni va ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatorida qayd etilgan.

Zamonaviy mahalla respondentlarning tasavvurida qanday bo‘lishi, u qanaqa vazifa va funksiyalarni bajarishi, mahalla instituti jamiyatga qanday foyda keltirishi kerakligi, fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishda qanday yordam berayotgani, fuqarolar o‘zi yashayotgan mahallaning faoliyatiga qanday baho berayotgani, o‘z mahallasi faoliyatida shaxsan ishtirok etayotgani yoki etmayotgani, shu va boshqa ko‘plab masalalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi "Dunyo bo‘ylab" telekanalining “Bevosita muloqot” dasturida "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi matbuot xizmati rahbari Tolib Sodiqov va studiyaning boshqa mehmonlari bilan muhokama qilindi. Unda "Ijtimoiy fikr" respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan o‘tkazilgan "O‘zbekistonliklar mahalla haqida: tasavvurlar va umidlar" mavzusidagi sotsiologik tadqiqot natijalari taqdim etildi. Ushbu tadqiqotning maqsadi respondentlarning fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati haqidagi fikrlarini o‘rganish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan o‘ziga qarashli hududni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlantirishga doir dolzarb masalalarning hal qilinishi samaradorligiga aholi tomonidan berilgan bahoni aniqlashdan iborat edi.

VIDEOMATERIAL