29.03.2023
236
JONLI EFIR
Oila azal-azaldan jamiyatimizning asosi boʻlib hisoblanadi va ijtimoiy siyosatda muhim rol oʻynaydi. Mamlakatimiz Asosiy Qonunining yangi tahririga kiritilgan muhim oʻzgartirishlardan biri shundaki, nikoh tuzilmasida ayollarga ham, erkaklarga ham teng huquqlar berilishi va nikohni ixtiyoriy ravishda tuzish qoʻllab-quvvatlanadi. Yangi tahrirning 14-boʻlimiga muvofiq, oila oʻzi qamrab oladigan ijtimoiy munosabatlarni, shu jumladan, bolalar, yoshlar masalalarini, oila institutini ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy qoʻllab-quvvatlash kafolatlarini kengaytirishga yoʻnaltirilgan, darvoqe, ushbu oʻzgartirishlarni tayyorlashda xorijiy tajriba va xalqaro standartlar hisobga olingan.
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi mamlakat fuqarolarining mutlaqo turli-tuman masalalar, jumladan, oila va oilaviy qadriyatlarning roli haqidagi fikr va tasavvurlarini aniqlash maqsadida tadqiqotlar olib bormoqda. Xususan, Markaz har yili oilaviy, shaxslararo munosabatlar, er-xotin, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar monitoringini amalga oshiradi. Markaz tomonidan “Oila va axloq”, “Oʻzbekistonliklarning oila haqidagi fikri: nuqtai nazarlar, farovonlik va noxushlik omillarini baholash”, “Oiladagi ajrimlar toʻgʻrisida oʻzbekistonliklarning fikri”, “Erta nikohlar, ularning sabablari va oqibatlari haqida oʻzbekistonliklarning fikri” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.
Oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalarining tahlili oila har bir inson uchun asosiy qadriyat ekanligini, u fuqarolarni faol faoliyatga, muvaffaqiyatli ishlashga, yangi yutuqlarga undashini, qiyinchiliklarni yengish va yangi marralarni egallashga yordam berishini tasdiqlab turibdi.
“Dunyo boʻylab” telekanalining “Bevosita muloqot” dasturida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi direktorining fan va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari, sotsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) Viktoriya Alekseyeva bilan oʻtkazilgan suhbatda oilaning inson va jamiyat hayotidagi roli va oilani qurish shartlari, oiladagi farovonlik va baxtning asosiy omillari, anʼanaviy oilaviy qadriyatlar va ajrimlar sabablari, oila va oilaviy siyosat sohasidagi konstitutsiyaviy huquqiy normalar hamda bu sohada mamlakatning Asosiy Qonuniga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar haqida soʻz bordi.
VIDEOMATERIAL