21.03.2024
159
Joriy yilning 20 mart kuni «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazida Yaponiya Kobi xalqaro universiteti professori Matsumoto Kaori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Professor Matsumoto Kaori Yaponiyadagi ta’lim tizimi, Yaponiyada olib borilayotgan sotsiologik tadqiqotlar va ushbu tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari haqida so‘zlab berdi.
Markaz mutaxassislari professorni markaz faoliyati, olib borilayotgan asosiy tadqiqotlari, O‘zbekistonda ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish texnologiyalari bilan tanishtirdi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar o‘rnatilishi, memorandum imzolanishi va qo‘shma sotsiologik tadqiqotlarning keyingi istiqbollari bo‘yicha takliflar berildi.