14.05.2025
4
2025 yil mart oyidan buyon O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo‘nalishi 3-bosqich talabalari “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazida 3 oylik amaliy tajriba o‘tamoqdalar. Ushbu amaliyot talabalarda “ta’lim-amaliyot-ish” tizimini kuchaytirish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.
Mazkur amaliy mashg‘ulot davomida talabalarga jamoatchilik fikrini o‘rganish borasida ilmiy-nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash, respublika aholisining ijtimoiy kayfiyati, fikrlari, ehtiyojlari va ijtimoiy muammolar haqida ma’lumot to‘plash orqali ularni tahlil qilish, yosh mutaxassislarni ilmiy-amaliy tadqiqotlarda ishtirok etishga jalb etish va kasbiy salohiyatini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Shuningdek, talabalar amaliyotda sotsiologik so‘rovnomalarni tuzish va joriy etish, jamiyatdagi ijtimoiy tendensiyalarni tahlil qilish, ma’lumotlar to‘plash, kodlash, tahlil qilish, hisobot tuzish jarayonlarida markaz mutaxassislari rahbarligida jamoaviy va mustaqil tadqiqot ishlarida faol ishtirok etmoqdalar.
Bunday amaliyotlar talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, ijtimoiy jarayonlarning haqiqiy tahlilini o‘rganish va ilmiy tahlillarni davlat siyosiy tizimi bilan bog‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu orqali sotsiologiya fani va amaliyot o‘rtasida samarali aloqalar shakllanmoqda.