28.05.2024
96
Joriy yilning 27 may kunidan Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining “Sotsiologiya” va “Ijtimoiy ish” yoʻnalishi talabalari “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazida tashkil etilgan amaliyot jarayonini boshlashdi.
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi rahbari oʻrinbosari M.K.Xadjimuxamedov hamda amaliyot rahbari A.Tadjiev Markazda sotsiologik tadqiqotlarni toʻgʻri tashkil etish, jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda tahlil qilish usullarini oʻrgatish va bu borada talaba-yoshlarning nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish, shuningdek amaliy bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishlarida koʻmaklashish maqsadida talaba-yoshlarga oʻrgatilishi zarur boʻlgan ish jarayoni bilan batafsil tanishtirib oʻtmoqda.