251

Zahiriddin Muhammad Bobur – HUKMDOR VA SHOIR!

Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil!

Har kim meni bilsa, bu payomimni degil!

Mendin demagil gar unutulton boʻlsam,

Har kimki meni soʻrsa, salomimni degil!

 

Ulkim, anga ilm ichra gʻolib yoʻqtur,

Derlarki, beri kelurgʻa rogʻib yoʻqtur.

Dedimki, bu soʻz rost emastur, negakim,

Tolibni tilar andaki, tolib yoʻqtur.

Zahiriddin Muhammad Bobur (oʻzb. Zahiriddin Muhammad Bobur; arab. ﻇَﻬﻴﺮْﺍَﻟَﺪّﻳﻦمُحَمَّدْبَابُرْ‎, “Bobur” soʻzi “sher, sarkarda, qoplon” maʼnosini anglatadi va forscha بَبْر (babr) - “yoʻlbars” soʻzidan kelib chiqqan, 1483-yil 14-fevral – 1530-yil 26-dekabr). Buyuk shoir va qomusiy olim, mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda. Boburiylar sulolasi va Imperiyasining asoschisi. Toʻliq taxt nomi: as-Sulton al-Aʼzam va-l-Hakan al-Muqarram Zahir ad-din Muhammad Jalol ad-din Bobur, podshoh-i-Gʻoziy.

 

Zahiriddin Muhammad Bobur – oʻzbek shoiri va qomusiy olim, mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda, oʻzbek milliy adabiyotining buyuk namoyondalaridan biri.

Bobur sheʼriyatida inson axloqi va maʼnaviy kamoloti masalalari ham tilga olingan. Shoir insonni yuksaltiradi, unga katta hurmat bilan qaraydi, inson qadr-qimmatini yuksak qoʻyadi. U bunga zid boʻlgan narsalarni rad etadi. Boburning fikricha, xudbinlik, izzattalablik, ochkoʻzlik, manmanlik insonni halok qiluvchi boʻlmagʻur fazilatlardir. Shoir odamlarga samimiy maslahatlar beradi. Oʻz ruboiylarida u inson oʻzida eng yaxshi axloqiy fazilatlarni qanday tarbiyalashi kerakligi haqida gapiradi.

Shoir shu mavzuga toʻxtalib, inson hayotining asosiy maqsadini mehr-oqibat, saxovat, olijanoblik va halollikda koʻradi. Doʻstlikni u inson sifatining eng muhim jihati va dushmanga qarshi kurashdagi qudratli kuch deb hisoblaydi.

Bobur asarlarining badiiy tili haqida gapirganda, uning soddaligi, ommabopligi, aniqligi va loʻndaligini qayd etish lozim. Shoir balandparvoz iboralar va murakkab ifodalarni yoqtirmaydi. Bobur tilining soddaligi uning ijodi, his-tuygʻu va kechinmalarining oʻquvchilar tomonidan aniq idrok etilishiga xizmat qiladi.

Bobur maʼnosiz gap sotishlardan qochishga, oʻz fikrini qisqa, aniq va sodda ifoda etishga, odamning oʻzi tushunmaydigan soʻzlarni ishlatmaslikka chaqiradi. Xususan, u shunday taʼkidlaydi: “Oddiyroq, aniq va sof boʻgʻin bilan yozing: sizga ham, oʻqigan odamga ham osonroq boʻladi”.

Albatta, “Boburnoma”dan olingan ushbu satrlar Boburning ijodiy mahorati uning nasriy asarining tasviriy tiliga chuqur va katta taʼsir koʻrsatganidan, bu unga katta badiiy goʻzallik va keng shuhrat bagʻishlaganidan dalolat beradi.

Boburning ijodiy mahorati badiiy-adabiy uslubda, ona tilining eng ifodali vositalaridan mohirona foydalanishda va xalq ijodiyoti manbalarini ijodiy tasavvur qilishda oʻz ifodasini topadi.

SHOIR HIKMATLARIDAN

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,

Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz,

Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.

 

Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l.

Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir.

Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan siylaydi.

Davlat uchun ko'ngulni zor etma, izzat uchun o'zungni xor etma.

Davlatqa yetib mehnat elini unutma, Bu besh kun uchun uzungni asru unutma.

Ko‘pchilik bahodirlar qanchalar kuchli bo‘lmasinlar, ular hargiz o‘z jahllari va qo‘rquvlaridan ustun kela olmaydilar.

Yonmag‘il aytgon hadisingdin, Tonmagil aytg‘on hadisingdin.