220

Футбол: U-20: O‘zbekiston Osiyo chempioni bo‘ldi

U-20 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni 1:0 hisobida mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi.

18 mart kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi U-20 Osiyo kubogi final uchrashuvida O‘zbekiston terma jamoasi chempion bo‘ldi. Uchrashuv «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinni tomosha qilgani O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, uning nabirasi, Prezident Administratsiyasi sho‘’ba mudiri, davlat rahbarining qizi Saida Mirziyoyeva, Osiyo olimpiya Kengashi vitse-prezidenti Otabek Umarov, bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar tashrif buyurdi.

30-daqiqada Abbosbek Fayzullayev Iroq darvozasiga gol kiritdi. Biroq, ofsayd sabab natija hisobga olinmadi. Qolaversa, uchrashuvda VAR tizimi ishlatilmagani sababli jarayonni qayta ko‘rish imkoni bo‘lmadi. Bir necha bor xavfli zarbalar kuzatilganiga qaramay, birinchi bo‘limida hisob ochilmadi.

Ikkini bo‘lim ikki jamoa uchun ham shiddatli tarzda boshlandi. Abbosbek Fayzullayevga nisbatan o‘yin qoidasi buzilgach, hakam jarima zarbasi belgiladi. 72-daqiqada Umarali Rahmonaliyev penaltidan gol urib, hisobni ochdi.

Uchrashuv davomida yana bir necha xavfli zarbalar kuzatildi, biroq, umumiy natija o‘zgarmadi. Shu tarzda O‘zbekiston terma jamoasi o‘yinda g‘alaba qozondi.

G‘oliblarga Osiyo kubogini prezident Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Источник: Газета.uz

Видео