19.11.2026
29
“IJTIMOIY FIKR” MARKAZI “JINOYAT QONUNÇILIGINING DOLZARB MASALALARI” MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASIDA IŞTIROK ETDI
18-noyabr kuni Toşkent şahrida Özbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvçi organlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirokida “Jinoyat qonunçiligining dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Konferensiya doirasida jinoyat qonunçiligi va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştiriş, jamoat xavfsizligini ta’minlaş, kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşiş, şuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalaniş bilan boğliq jinoyatlarni kvalifikatsiya qiliş masalalari muhokama qilindi.
Konferensiyada “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi direktorining birinçi örinbosari, sotsiologiya fanlari doktori (DSc), Viktoriya Sergeуevna Alekseуeva iştirok etib, “Sun’iy intellekt davrida kiberxavfsizlik: raqamli savodxonlik, xavflarni idrok etiş va Özbekiston aholisining ijtimoiy zaifligi” mavzusida ma’ruza qildi.
Mazkur masalalarni örganişda aholining raqamli savodxonlik darajasini baholaş, ijtimoiy zaiflik omillarini aniqlaş hamda fuqarolarning zamonaviy texnologiyalar rivojlanişi bilan boğliq xavf-xatarlarni qanday idrok etişini örganiş imkonini beruvçi sotsiologik tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi.
Konferensiya yakunida munozara bölib ötdi. Unda iştirokçilar özaro fikr almaşdilar, taqdim etilgan ma’ruzalarni muhokama qildilar hamda körib çiqilgan masalalar yuzasidan öz takliflarini bildirdilar.






