39

PRESS-RELIZ

OAV vakillari uçun taklifnoma

25.11.2026 y. | Toşkent şahri

“JAMIYATNI KÖRA OLIŞ”: 25 NOYABR KUNI TOŞKENTDA OLIY TA’LIM MUASSASALARI ÖRTASIDA AKADEMIK RA’NO UBAYDULLAYEVA NOMIDAGI SOTSIOLOGIK TANLOV BÖLIB ÖTADI

Talabalardan taşkil topgan 11 ta jamoa atoqli olima tavalludining 90-yilligiga bağişlangan sotsiologik festival doirasida tadqiqot vazifalarini hal etadilar.

25-noyabr kuni Toşkentda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi oliy ta’lim muassasalari örtasida akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva nomidagi “JAMIYATNI KÖRA OLIŞ” sotsiologik tanlovini ötkazadi. Jamoaviy bellaşuvda talabalardan taşkil topgan 11 ta jamoa iştirok etadi. Iştirokçilar ijtimoiy muammoni aniqlaş, tadqiqotni loyihalaş hamda sotsiologiya tarixi va metodologiyasi böyiça öz bilimlarini namoyon etişlari lozim böladi.

Tanlov akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayeva tavalludining 90-yilligiga bağişlangan “Akademik Ra’no Axatovna Ubaydullayevaning ilmiy merosi: fan, jamiyat, avlodlar” sotsiologik festivali doirasida ötkaziladi. Festival 4-noyabr kuni “Ilmiy meros va zamonaviylik” mavzusidagi davra suhbati şaklida boşlangan edi.

Tanlov yoş tadqiqotçilarning sotsiologik tafakkurini, tadqiqotçilik könikmalarini hamda ma’lumotlarni tahlil qiliş qobiliyatini rivojlantirişga qaratilgan. U festivalning umumiy maqsadlari: akademikning ilmiy merosini asrab-avaylaş, Özbekistonda sotsiologiya fanini rivojlantiriş hamda tadqiqotçilar avlodlari örtasidagi vorisiylikni mustahkamlaşga xizmat qilişni davom ettiradi.

Tanlovda quyidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan iborat bölgan 11 ta jamoa iştirok etadi:

  1. Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti;
  2. Özbekiston davlat jahon tillari universiteti;
  3. Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti;
  4. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti;
  5. Toşkent davlat transport universiteti.

Hakamlar hay’ati tarkibi va baholaş mezonlari tanlov boşlanişidan avval e’lon qilinadi.

Tanlovni “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi direktori, iqtisodiyot fanlari doktori Nigina Xayrullayevna Raхimova kiriş sözi bilan oçib beradi. Şundan söng iştirokçilar va mehmonlarga akademik R.A. Ubaydullayevaning ilmiy merosi hamda Özbekistonda sotsiologiya fanining rivojlanişiga bağişlangan hujjatli film namoyiş etiladi.

Faxriy mehmonlar.Tanlovda quyidagi faxriy mehmonlar sözga çiqadilar:

  • Saidov Akmal Xolmatoviç - Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, akademik, yuridik fanlar doktori, professor;
  • Abdurahmonov Qalandar Xodjayeviç - G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toşkent filiali direktori, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
  • Nurullayeva Şafoat Fayzullayevna - Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori örinbosari, falsafa fanlari nomzodi;
  • Şaukenova Zarema Kaukenovna - Sotsiologiya instituti direktori, akademik, sotsiologiya fanlari doktori, professor, Qozoğiston Respublikasida xizmat körsatgan arbob;
  • Abdullayeva Xilola Sagdullayevna - akademik R.A. Ubaydullayevaning nabirasi, Vena şahridagi Zigmund Freyd universitetining “Psixoterapiya ilmi” yönalişi doktoranti. “Avlodlar xotirasidan — şaxsiy hayot muallifligiga: meros riştalarini özlik naqşiga çambarças boğlaş san’ati” mavzusida ma’ruza qiladi;
  • Azimov Jahongir Baxodir öğli - Milliy mass-mediani qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi direktori.

Tanlov dasturi.Tanlov ikki bosqiçda ötkaziladi.

I bosqiç — “Muammoni köriş”. Jamoalar ijtimoiy muammoni aniqlaydilar, tadqiq etiladigan va tekşiriladigan ikkita gipotezani şakllantiradilar.

II bosqiç — “Zakovat”. Jamoalar sotsiologiya fanining tarixi va metodologiyasiga oid savollarga javob beradilar.

Tanlov yakunlari va taqdirlaş marosimi. Hakamlar hay’ati tanlov ğoliblari va sovrindorlarini aniqlaydi. I, II va III örinlarni egallagan jamoalar diplomlar hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlanadi. Oliy ta’lim muassasalari vakillari va tanlov iştirokçilariga minnatdorçilik sertifikatlari topşiriladi.

25-noyabr kuni ötkaziladigan tadbir dasturi

09:00–09:30

Iştirokçilarni röyxatga oliş

09:30–09:35

Tanlovning oçilişi

09:35–09:45

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatçilik fikrini örganiş markazi direktori N.X. Raхimovaning kiriş sözi

09:45–09:55

Akademik R.A. Ubaydullayevaning ilmiy merosi va Özbekistonda sotsiologiyaning rivojlanişi haqidagi hujjatli film namoyişi.

09:55–10:55

Faxriy mehmonlarning çiqişlari

10:55–11:05

Sotsiologlar maktabi faoliyatining boşlanişi. Ra’no Axatovna Ubaydullayeva nomidagi Sotsiologlar maktabi öz faoliyatini boşlagani rasman e’lon qilinişi

11:05-11:15

Jamoalar va hakamlar hay’ati bilan taniştiriş, tanlov reglamenti hamda baholaş mezonlarini e’lon qiliş

11:15–12:15

I bosqiç. “Muammoni köriş”

12:15–13:15

II bosqiç. “Zakovat”

13:15–13:20

Hakamlar hay’atining yakuniy yiğilişi

13:20–13:30

Tanlov natijalarini e’lon qiliş, tantanali taqdirlaş va yopiliş marosimi, umumiy suratga tuşiş

 

Sana va vaqt: 2026-yil 25-noyabr, soat 09:00 (röyxatga oliş), 09:30 (oçiliş marosimi).

Ötkaziliş joyi: Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi.

Televideniye, bosma va internet naşrlari vakillarini tadbirni yoritişga taklif etamiz.