782

2021 YIL BO‘YICHA NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI O‘RTASIDA «OCHIQLIK INDEKSI» E'LON QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 martdagi PF–6181-son «2021 – 2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmonining 5-bandiga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinishi belgilangan. Mazkur indeks nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat ko‘rsatkichlariga asosan tuziladi.

Mazkur Farmon ijrosini ta'minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosiasiyasi tomonidan Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik standarti tasdiqlandi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini shakllantirish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining shaffoflik darajasini baholash metodikasi ishlab chiqildi.

Mazkur metodika asosida 100 dan ortiq respublika nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan 2021 yildagi faoliyati yuzasidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi va O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosiasiyasi tomonidan baholash ishlari amalga oshirildi («Ochiqlik indeksi»ni aniqlashda faol ishtirok etgan NNTlarning to‘liq ro‘yxati bilan saytimiz orqali tanishishingiz mumkin).

Baholash natijasiga ko‘ra 2021 yil bo‘yicha «Eng shaffof nodavlat notijiorat tashkilotlari top – 20» ro‘yxati quydagicha:

т/р

2021 yil yakuni bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida e'lon qilingan«Ochiqlik indeksi» natijalari

1.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Vaqf» xayriya jamoat fondi

2.

O‘zbekiston-Yaponiya markazi

3.

«Zakovat intelektual klubi» nodavlat noijorat tashkiloti

4.

«Yuksalish» umummilliy harakati

5.

«Tadbirkor ayol» O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assosiasiyasi

6.

«Demokratiya va inson huquqlari instituti»

7.

«Sharq ayoli» xalqaro ayollar jamg‘armasi

8.

O‘zbekiston jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi

9.

O‘zbekiston Tadbirkorlik va fermerlikni qo‘llab-quvvatlash markazi

10.

Mintaqaviy tahdidlarni o‘rganish markazi

11.

Muassasa shaklidagi «O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasi» nodavlat notijorat tashkiloti

12.

O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi

13.

O‘zbekiston «Qizil yarim Oy» jamiyati

14.

O‘zbekiston ta'lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi

15.

«Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik markazi

16.

O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi

17.

O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati

18.

«Sog‘lom avlod uchun» hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro xayriya fondi

19.

O‘zbekiston professional futbol ligasi

20.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida «Ochiqlik indeksi» har yil yakunlari bo‘yicha e'lon qilib borilishi munosabati bilan yil yakunlari bo‘yicha eng shaffof nodavlat notijorat tashkilotlarini aniqlashda faol ishtirok etishga chaqirib qolamiz.

Manba: O‘ZBEKISTON NODAVLAT NOTIJORAT TAShKILOTLARI MILLIY ASSOSIASIYaSI

Link: http://ngo.uz/uz/2021-yil-buyicha-nodavlat-notizhorat-tashkilotlari-urtasida-ochiklik-indeksi-elon-kilindi