205

Joriy yilning 1 iyul kunidan boshlab “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazi tomonidan Fuqarolar millatlararo munosabatlar to‘g‘risidamavzusida jamoatchilik fikri so‘rovini o‘tkazishni boshlandi.

Mazkur jamoatchilik fikri so‘rovini o‘tkazishdan maqsad fuqarolarning mamlakatimizdagi millatlararo, etnoslararo munosabatlarning hozirgi holati qandayligi, so‘ngi yillarda millatlararo munosabatlar qanday o‘zgargani haqidagi qarashlari, insonlarning hayoti davomida milliy va tilga mansubligi asosida huquqlarining buzilishi, hurmatsizlik va ularga nisbatan kamsituvchi munosabat holatlariga duch kelishganmi shuningdek o‘zlarini kim deb his qilishlari ya’ni mamlakat fuqarosimi yoki millat vakili kabi savollarga aholining fikr-mulohazalarini o‘rganishga qaratilgan.