128

Diyorimizga yasharish, yangilanish fasli bahor kirib keldi. Bahor tarovati bilan birga “Navro‘z” bayrami ham kirib kelmoqda, ushbu bayram yurtimizning barcha hududlarida shodu xurramlik ila keng nishonlanadi.

Navro‘z qadimiy va milliy bayramimiz bo‘lib, o‘ziga xos milliy anana va qadriyatlarimiz bilan o‘tkaziladi. Bu kunda yurtimizning har bir go‘shasida bahoriy taomlaru, turli milliy o‘yinlarga alohida urg‘u beriladi. Xususan, sumalak, halim, ko‘k somsa, ko‘k chuchvara kabi milliy taomlarimiz bayram dasturxonining ko‘rkiga aylanadi. Ayniqsa, sumalak bazmlarining o‘zgacha gashti bor. 

Navro‘z–tinchlik va osoyishtalikni tarannum etuvchi, insoniyatga yaxshilik, mehr-oqibat, baxt-saodat va poklik ulashuvchi ayyomdir. Uning har lahzasida bag‘rikenglik, inson qadrini ulug‘lash, kattalarga hurmat kichiklarga izzat, keksalar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam berish, yurtni obod qilishdek xayrli amallar amalga oshiriladi. Navro‘z milliy-ma’naviy qadriyatlarimiz rivojidagi eng muhim shodiyonadir.

Barcha yurtdoshlarimizni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etib, xonadonlaringizga fayz-baraka, mustahkam sog‘lik, tinchlik-xotirjamlik tilaymiz doimo yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!