124

Bahor kelishi bilan insonlar qalbida yosharish, yangilanish, koʻtarinki kayfiyat, muhabbat hissi  barq urishni boshlaydi. Ona tabiat yashil tusga kirib oʻzining goʻzalliklari bilan insonlarni dilini xushnud qiladi. Shuningdek, bahorda xalqimiz qadimdan intiqlik bilan kutib, zavq bilan nishonlaydigan qadimiy milliy Navroʻz bayramini nishonlashga tayyorgarlik boshlanadi.

Navroʻz fors tilidan tarjima qilinganda “yangi kun” bahorning birinchi kuni, tabiatning uygʻonishi maʼnosini anglatadi. Navroʻz–tinchlik va osoyishtalikni tarannum etuvchi, insoniyatga yaxshilik, mehr-oqibat, baxt-saodat va poklik ulashuvchi ayyomdir. Uning har lahzasida bagʻrikenglik, inson qadrini ulugʻlash, kattalarga hurmat kichiklarga izzat, keksalar holidan xabar olish, muhtojlarga yordam berish, yurtni obod qilishdek xayrli amallar amalga oshiriladi.

Navroʻz bayrami arafasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish MarkaziFUQAROLAR 2024-YILDA  NAVROʻZ UMUMXALQ BAYRAMINI OʻTKAZISH HAQIDA” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi. Tadqiqotda fuqarolarning Navroʻz bayrami haqidagi fikrlari, his-tuygʻulari,  milliy taomlarimizga nisbatan munosabati, bu bayramni qanday oʻtkazishni rejalashtirayotganliklari, mamlakatimizda Navroʻz bayrami oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi aholi tomonidan fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.

Tadqiqotda mamlakatimizning barcha mintaqalarida yashovchi fuqarolar, shahar va qishloqlar aholisi, erkaklar va ayollar, iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarida band boʻlgan turli millatlar va ijtimoiy qatlamlar vakillari, yoshlar, oʻrta va keksa yoshdagilar ishtirok etmoqdalar.