229

2024 yilning 12-14 yanvar kunlari, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yoshlar oromgohi”da tashkilotlardagi rahbarlarning yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari ishtirokida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarda, 2024 yil davomida yoshlar siyosatiga doir amalga oshirishi lozim bo‘lgan 8 yo‘nalishda ishlab chiqilgan dasturlar muhokama qilindi.

Jumladan, “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, toifalar bilan ishlash, muammolarni tizimli o‘rganish va biriktirish mexanizmlari, yoshlar bilan ishlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, yosh xodimlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, "yoshlar mas’ullariga yoshlarga xorijiy tillarni o‘rgatish va kitobxonlikka jalb etish bo‘yicha tashkil etilgan yangi loyihalar”, yoshlar masalasiga mas’ullarning media savodxonligini oshirish va ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish usullari, maslahatchilarning funksional xizmat vazifalari, ular faoliyatini sarhisob qilib borish tartibi kabi muhim vazifalar o‘rganildi.

Shuningdek, seminarda “tashkilotlar tizimida volontyorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish to‘g‘risida”, “boshqaruv omillari: tashkilotda xodimlar boshqaruvining ichki va tashqi omillari”, “xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish hamda “besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyiha va tadbirlarni amalga oshirish” “iqtidorli va kreativ yosh xodimlar, shu jumladan yosh xotin-qizlar bilan ishlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari” mavzularida taqdimotlar qilindi.

Tadbirda, Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish  markazi bo‘lim mutaxassisi Boboev Sherzod Norkuzievich ham ishtirok etdi va sertifikat bilan taqdirlandi.