161

Oʻzbekistonda 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilishi eʼlon qilindi.

Yurtimizda har yili keng koʻlamda Navroʻz, Mustaqillik, Roʻza va Qurbon hayit ayyomlari va muhim sanalar, tadbirlar oldidan xayriya Hashari oʻtkazish anʼanaga aylangan. Hashar ijtimoiy hamkorlik va begʻaraz yordam sifatida mamlakatimiz aholisi tomonidan oʻtkazilib kelinadi.

Joriy yilda ham, yurtimizda “Navroʻz” umumxalq bayramini va “Iydi ramazon” Xayit bayramlarini munosib nishonlash maqsadida, 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtadi.

Xayriya hasharida aholi ixtiyoriy ravishda mahallalarda, koʻp qavatli binolar va uylar atrofida, bolalar oʻyingohlari, aholi punktlari, xiyobonlar, yoʻlaklar, dam olish va koʻngilochar maskanlari, qabristonlar, ziyoratgohlar obodonlashtirilib tartibga keltiriladi.