29.03.2024
142
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi “Oʻzbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari: fuqarolik faolligi, jamoatchilik nazorati va davlat bilan hamkorlik” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi.
Tadqiqot maqsadi fuqarolarning nodavlat notijorat tashkilotlar haqidagi xabardorligi, tashkilot faoliyati haqidagi qarashlari, kutuvlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolar ijtimoiy hayotida ishtiroki va ahamiyatliligi toʻgʻrisidagi aholi tomonidan fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.