16.07.2024
128
Joriy yilning 15 iyul kunidan boshlab “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Fuqarolar migratsiyaviy jarayonlar haqida: shaxsiy tajriba, baho va munosabat” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazish boshlandi.
Mazkur jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishdan maqsad fuqarolarning mehnat migratsiyasiga kimni koʻmagi bilan va kim bilan chiqishlari, qaysi davlatlarga borishlari, mehnat faoliyati davomida qanday sohalarda ishlaganligi, ishlash shaklining qonuniylik holatini oʻrganish, shuningdek mehnat migratsiyasi davomida orttirgan tajribalari va mehnat sharoitlaridan qoniqish darajasini oʻrganish va mehnat migratsiyasiga ketish rejalari kabi savollarga aholining fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.