05.08.2024
108
«Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi matbuot xizmati rahbari Dildora Axmedova Oʻzbekiston-24 telekanalida “Oʻzbek toʻylaridagi dabdaba: bu an'anami yoki moda ta'siri ?” mavzusida boʻlib oʻtgan davra suhbatida ekspert sifatida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston-24 telekanalida “Oʻzbek toʻylaridagi dabdaba: bu an'anami yoki moda ta'siri ?” mavzusida boʻlgan suhbatda toʻy masalasi Oʻzbekistonda har doim maishiy hayotning eng muhim qismlaridan biri boʻlib kelganligi, farzand, ayniqsa, qiz farzand voyaga etgan sari, unga sarpo va toʻy bilan bogʻliq boshqa buyumlarni yigʻish boshlanishi, shu bilan birga, toʻylarda dabdabali marosimlar, ortiqcha sarf-xarajatlarga yoʻl qoʻyilayotgani oila byudjetiga ogʻir yuk boʻlib tushyapti. Aksariyat oilalar qarz evaziga toʻy qilib, uzoq yillar davomida topgan daromadini qarzlarni yopishga sarflashga majbur boʻlmoqda. Toʻylarni ixchamlashtirish orqali oilalar katta miqdorda mablagʻlarni iqtisod qilishi, jamiyatda maishiy nizolarni kamaytirish haqida soʻz bordi.