76

OʻZBEK SHAXMATCHILARINING TARIXIY GʻALABASI

Vengriya poytaxti Budapeshtda oʻtkazilgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oʻyinlarida ishtirok etgan oʻzbek shaxmatchilari 189 ta davlatlar orasida 3 oʻrinni zabt etishdi. Mazkur olimpiadada Oʻzbekiston delegatsiyasi 4 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Jumladan: jamoaviy bahslarda:

  • erkaklar oʻrtasidagi terma jamoasiz – Bronza medalini,

  • xotin-qizlar umumjahon hisobda 12-oʻrinni qoʻlga kiritdi,

  • yakka bahslarda: Shamsiddin Vohidov oltin medal,

  • Nodirbek Abdusattarov – kumush medal,

  • Nodira Nodirjonova – kumush medal.

Davlatimiz rahbari shaxmat olimpiadasi ishtirokchilariga tabrik yoʻllab, “Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi oʻrinni egallab, oʻzbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Gʻoyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarbayjon, Sloveniya, Ispaniya kabi manaman degan davlatlarning jamoalarini ortda qoldirganingiz ulkan tahsin va tasannolarga sazovordir” - deb taʼkidladilar va sportchilarimizga ishonchi bildirib “Sizlarga jonajon Oʻzbekistonimiz 2026-yilda ilk bor mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon shaxmat olimpiadasida ham eng yuksak choʻqqilarni zabt etish nasib etsin!”.

Barcha yurtdoshlarimizga va sportchilarimizga gʻalaba muborak boʻlsin kelgusi ishlaringizda omadlar tilab qolamiz!