33

BAYRAM TABRIGI

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi barcha yurtdoshlarimizni aziz va muqaddas bayramimiz jonajon vatanimiz – Oʻzbekistonimiz mustaqillikka erishgan kunning 33 yilligi munosabati bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etadi!

Aziz vatandoshlar ushbu ulugʻ bayram munosabati bilan, barchangizga jonajon Vatanimiz tinchligi va farovonligi yoʻlida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda muvaffaqiyat, oilaviy tinchlik xotirjamlik, xonadoningizga fayz-u baraka, mustahkam sogʻlik-salomatlik, dasturxonlaringizga toʻkin-sochinlik tilaydi!

Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin, bayramingiz muborak boʻlsin!

“Ijtimoiy fikr”

 respublika jamoatchilik

 fikrini oʻrganish Markazi