107

2023-yilning 15-16-dekabr kunlari G.R.Derjavin nomidagi Tambov davlat universitetida “Jamiyat, jamoalar, insonlar: «abadiy tinchlik» izlanishida” X Xalqaro talabalar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjuman davomida: media industriyasining zamonaviy hayotga ta’siri, mintaqaviy o‘ziga xoslikning nazariy jihatlari, ijtimoiy tarmoqlarning yoshlar dunyoqarashiga ta’siri va boshqalar kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Anjumanda Rossiya Federatsiyasi, AQSh, O‘zbekiston va turli mamlakatlardan tashkilotlar vakillari, shuningdek “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi sotsiologik tadqiqotlarni axborot-matematik ta’minlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Ivan Reshetnikov ishtirok etdi.

“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi nomidan konferensiya ishtirokchilarini, hamkasblar va talabalarni o‘ninchi yubiley anjumanining muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabriklab, kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyat va samarali faoliyatlar tilaymiz.