36

2024 YILNING SARHISOBI: FUQAROLARNING TASAVVURLARI VA 2025 YILGA UMIDLARI

“Ijtimoiy fikr“ Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi “2024 yil yakunlari mamlakat fuqarolarining tasavvurida” nomli sotsiologik soʻrov oʻtkazishni boshladi. 2024 yil yakunida mamlakat fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy hayotga nisbatan munosabatini oʻrganish maqsadida keng qamrovli soʻrov oʻtkazmoqda. Bu tadqiqot orqali jamiyatning oʻtgan yil davomidagi eng muhim voqealari va yutuqlariga boʻlgan munosabati, shuningdek, yangi 2025 yilga qaratilgan asosiy kutuvlarini oʻrganishga qaratilgan.

Mazkur soʻrovnomada 2024 yilning shaxsan siz uchun qanday boʻlgani haqida, mazkur yilda oʻz shaxsiy reja va maqsadlaringizni amalga oshirilishi darajasi qanchalik boʻlgan, 2024 yilda Oʻzbekistondagi eng muvaffaqiyatli yoʻnalishlar qaysilar boʻldi deb hisoblaysiz, sizningcha qanday muammolar dolzarbligicha qolmoqda kabi savollarga jamoatchilikning fikr-mulohazalari oʻrganiladi.

2024 yilning oʻziga xosliklari nimalarda boʻlganligi “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili“da amalga oshirilgan dasturlarning natijalari, davlat islohotlarining ijtimoiy hayotga taʼsiri, infratuzilma, iqtisodiyot va innovatsiyalar sohasidagi rivojlanish koʻrsatkichlari qay darajadaligi haqida jamoatchilikning fikri qandayligi oʻrganiladi.

Ushbu tadqiqot fuqarolarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi ishtirokini, ularning kutuvlari va qiziqishlarini chuqurroq oʻrganish imkonini beradi. U orqali davlat hokimiyati idoralari jamiyat ehtiyojlarini yanada samarali qondirish uchun zarur maʼlumotlarni shakllantiradi.

Shu bilan birga mamlakatimiz fuqarolarining yangi 2025 yildan umidlari va kutuvlari, fuqarolarimizning fikricha kirib kelayotgan yangi yilda jamiyatimizda birinchi navbatda qaysi sohani rivojlantirish kerak? Bandlik va iqtisodiy barqarorlik, taʼlim va tibbiyot sifatini oshirish, ekologik muammolarni hal etish yoki texnologiyalarni rivojlantirish singari asosiy yoʻnalishlar qay darajada muhim? Yangi yil siz uchun qanday oʻzgarishlar va imkoniyatlar olib kelishini kutyapsiz? kabi dolzarb va umidli savollarga javob olish maqsad qilingan.