27

Aziz yurtdoshlar!

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi hayotimiz quvonch va ezgulik nuriga toʻlib turgan ushbu saodatli kunlarda qutlugʻ ayyom – Ramazon hayiti bilan barchangizni muborakbod etadi.

Muborak Iyd-al-fitr ayyomini xursandchilik bilan kutib olayotgan yurtdoshlarimizga mustahkam sihat-salomatlik, baxt-saodat, dasturxonlariga toʻkin-sochinlik, xonadonlariga fayzu baraka tilaymiz.

Zahmatkash xalqimizning pok niyatlari, ezgu maqsadlari doimo ijobat boʻlsin, yurtimizdagi har bir xonadon nurlarga toʻlsin!

Ramazon hayitingiz muborak boʻlsin, azizlar!

 

 

“Ijtimoiy fikr”

respublika jamoatchilik

fikrini oʻrganish Markazi