215

Joriy yilning 20 aprel kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Sotsiologiya” kafedrasi tomonidan “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi, “Yuksalish” umummilliy harakati, Yu. Bolasogʻoniy nomidagi Qirgʻiziston milliy universiteti, L.N. Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Qozoq milliy qizlar pedagogika universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy dunyoning sotsiomadaniy manzarasi va ijtimoiy tizimlar transformatsiyasi” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur anjumanda xalqaro ilmiy-amaliy xarakterga ega boʻlib, soʻnggi yigirma yil ichida yangi ijtimoiy voqelikka aylangan zamonaviy jamiyat dinamikasini tahlil qilishga bagʻishlangan.

Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yoshlar, fan, taʼlim masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, tibbiyot fanlari nomzodi., D.Gʻ.Toshmuhamedova — “Zamonaviy Oʻzbekiston yoshlari ijtimoiylashuvining yangi va anʼanaviy institutlari” mavzusida maʼruza qildilar. 

Konferensiyada zamonaviy dunyoda kechayotgan ijtimoiy transformatsiyalar jamiyatning sotsiomadaniy manzarasiga taʼsiri omillari sotsiologik tahlil etildi. Xususan, raqamli taraqqiyot sharoitida ijtimoiy institutlar va jarayonlardagi dinamik oʻzgarishlarning mintaqaviy xususiyatlari nazariy-empirik tadqiqotlar kesimida muhokama etildi.

Anjumanda Yu.Bolasogʻoniy nomidagi Qirgʻiziston milliy universiteti “Sotsiologiya va Ijtimoiy ish” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari nomzodi, dotsent, A.R.Jusubaliev — “Qirgʻizistondagi etnodemografik jarayonlar: tarix va zamonaviylik” mavzusida maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Ushbu konferensiya doirasida raqamli texnologiyalar, taʼlim, iqtisodiyot, migratsiya, mentalitet, yoshlar, oila va gender, bandlik, boshqaruv, urbanizatsiya kabi yoʻnalish va sohalarda innovatsion texnologiyalarga oid maʼruzalar tinglandi.

Shuningdek, “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori, iqtisod fanlari doktori, N.X.Raximova - “Ijtimoiy transformatsiya sharoitlarida yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi kontekstida jamoatchilik fikrini oʻrganishning dolzarb tendensiyalari” mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi.

Bugungi kunda globallashuv sharoitida dunyo mamlakatlari barcha sohalarda, barqaror taraqqiyot yoʻlida oʻzlarining oʻrinlariga ega boʻlib bormoqda. Albatta, bunda har bir davlatning tabiiy va iqtisodiy omillari bilan birga. inson omili, jumladan, yosh avlodlarni tarbiyalash, shart-sharoitlar yaratish, ularning intellektual salohiyatidan samarali foydalanish muhim. Davlat va jamiyat boshqaruvida ham, biznesni taraqqiy ettirishda ham, umuman, barcha soha rivojida salohiyatli yoshning alohida oʻrni bor. Sababi, ular jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini oʻtaydi. Yangidan-yangi tashabbus-gʻoyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyalashuvi masalalarini oʻrganish va tahlil etish alohida ahamiyat kasb etadi.

Konferensiyada, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasi mudiri, sotsiologiya fanlari doktori, professor, M.B.Bekmurodov — “Yangi O‘zbekistonda transformatsion jarayonlarning inklyuziv mohiyati” mavzusida maʼruza qildilar.

Anjumanda Tojikiston Milliy universiteti Sotsiologiya kafedrasi dotsenti, sotsiologiya fanlari nomzodi, M.T.Tavalloev “Zamonaviy dunyoda integratsiyaning baʼzi aspektlari va ularning namoyon boʻlishi” mavzusida maʼruza qildi.

L.N. Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti dotsenti,  sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, N.O.Baygabыlov “Qozogʻistonda aholining farovonligi va qashshoqligi darajasini baholanishning empirik tadqiqotlari natijalari” mavzusida maʼruza qildi.

Qozoq milliy xotin-qizlar pedagogika universiteti, sotsiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent A.K.Yesengalieva “Avlodlar nazariyasi doirasida ijtimoiy-madaniy qadriyatlarning transformatsiyalashuvi” mavzusida ma’ruza qilindi.  

Shuningdek, mazkur konferensiya orqali xalqaro ekspert va olimlar, soha  mutaxassislari ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirilishi, mamlakatlarining ilm-fan, madaniyat hamda xalq diplomatiyasi sohasidagi tajribalari oʻrganishi amalga oshirildi va ilgʻor texnologiyalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqildi hamda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha muammolar va ularning yechimlari boʻyicha xulosa hamda takliflar berildi.

Konferensiya davomida Oʻzbekiston Respublikasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan hamkorlar, jumladan Qozogʻiston Respublikasi N.Gumilev nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti, J. Balasagыn nomli Qirgʻiziston milliy universiteti, Tojikiston milliy universiteti, Qozoq milliy qizlar pedagogika universiteti, “Yuksalish” umummilliy harakati, Oʻzbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professor-oʻqituvchilari, amaliyotchi mutaxassislar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, izlanuvchilar, magistrlar va talabalar  ishtirok etdi. 

Konferensiya soʻngida xorijiy mutaxassislar talabalarga maxsus seminar-treninglar olib bordi. Faol ishtirok etgan ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi.