443

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ta’sis etilgan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fidokorona mehnatlari uchun bir qator yurtdoshlarimiz taqdirlandilar. 

Taqdirlanganlar orasida “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining amaliy tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘limi supervayzeri Xaliqova Umida Muxamadjonovna ham ushbu faxrli “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Esdalik nishonini “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining direktori N.X.Raximova topshirdi.

«Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi jamoasi Xaliqova Umida Muxamadjonovnani munosib mukofot bilan samimiy tabriklab unga sog‘lik-salomatlik, oilaviy baxt va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!

Mukofot muborak bo‘lsin!