04.01.2024
153
Bugun 4 yanvar kuni “Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan mamlakatimiz fuqarolari oʻrtasida “Fuqarolar vatan himoyachilari toʻgʻrisida” mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazilishi boshlandi.
Ushbu soʻrov yurtimiz fuqarolarining vatan himoyachilari toʻgʻrisida jamoatchilik fikrini oʻrganishga qaratilgan boʻlib fuqarolarning vatan himoyachilari kuni, vatanparvarlik, vatanga sadoqat, milliy armiyamiz, Qurolli kuchlar haqidagi fikr-mulohazalarini bilishdir.
Barchamizga maʼlumki, 1993-yil 29-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” deb belgilandi va mamlakatimizda xar yili 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni keng nishonlanib kelinmoqda.
Albatta, Vatan tushunchasi inson uchun har narsadan aziz va muqaddasdir. Vatanni sevish, ardoqlash uni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash, vatanni himoya qilish barcha uchun muqaddas burch hisoblanadi. Ana shunday sharafli burchni ado etayotgan yurtimizning mard oʻgʻlonlari, himoyachilari boʻlgan milliy armiyamiz va barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan xalqimizning tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda olib borayotgan xizmatlarini oʻrni beqiyosdir.