21.01.2025
13
“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “OʻZBEKISTONDA ZAMONAVIY OILA” mavzusidagi jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi.
Tadqiqot oʻtkazishdan maqsad mamlakatimizda oilalarning bugungi holatini tahlil qilish, oilalar barpo etilishi va mustahkamligiga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish, oilaviy muhitni, oilaning vujudga kelishi va rivojlanishi jihatlari, bugun oilaga taʼsir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar, zamonaviy jamiyatda oilalardagi asosiy farqlar va kelishmovchiliklar, oilaviy mehnat faoliyati haqida fuqarolarimizning fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.
Shuningdek, mamlakatimiz aholisining nikoh shartnomalari haqidagi bilimlari bugun zamonaviy oilalarda nikoh shartnomalarining istiqbollari va roli toʻgʻrisida qarashlarini oʻrganib tahlil qilishdan iborat. Tadqiqotda mamlakatimizning barcha mintaqalarida yashovchi fuqarolar, shahar va qishloqlar aholisi, erkaklar va ayollar, iqtisodiyotning davlat va xususiy sektorlarida band boʻlgan turli millatlar va ijtimoiy qatlamlar vakillari, yoshlar, oʻrta va keksa yoshdagilar ishtirok etmoqdalar.