158

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan “Fuqarolar Oʻzbekistonda inson huquqlarining ta'minlanishi va himoya qilinishi toʻgʻrisida” mavzusida jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishni boshladi.

Mazkur jamoatchilik fikri soʻrovini oʻtkazishdan maqsad fuqarolarning mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish va ularni amalga oshirish qay darajada ta'minlanganligi, oxirgi yillarda Oʻzbekistonda inson huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq vaziyatda qanday oʻzgarishlar boʻlayotganligi, insonlarning shaxsiy huquq va erkinliklarining ehtimoliy buzilishi, umuman inson qadr-qimmatining kamsitilishi va haqorat qilinishi xolatlarida oʻzlarini qanchalik huquqiy himoyalangan his etishlari, fuqarolar huquqlari buzilgan holda kimga murojat etishlari va ularning haq huquqlari tiklanishi, adolatli qaror qabul qilinishi qay darajada ekanligi kabi savollarga aholining fikr-mulohazalarini oʻrganishga qaratilgan.