313

OʻZBEKISTON YOSHLARI 2024:ASOSIY USTUVORLIKLAR VA TAMOYILLAR

“Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi tomonidan, mamlakatimiz fuqarolari orasida “Oʻzbekiston yoshlari 2024: asosiy ustuvorliklar va tamoyillar” mavzusida sotsiologik soʻrov oʻtkazildi.

Ushbu soʻrov mamlakatimizda oʻzbekistonlik yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar bilan bogʻliq vaziyat qandayligi, hozirgi vaqtda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun davlat tomonidan qanday sharoitlar yaratilayotganligi, yoshlar qaysi soha va yoʻnalishlarda davlat yordami va koʻmagiga muhtojligi toʻgʻrisidagi fikrlari oʻrganildi. Shuningdek zamonaviy oʻzbekistonlik yoshlar uchun qaysi hayotiy qadriyatlar eng muhimligi, insonga oʻz hayotida muvaffaqiyatga erishish uchun oʻzini baxtli his qilishi uchun qanday xususiyatlarga ega boʻlishi kerakligi toʻgʻrisida mamlakatimiz fuqarolarining fikr-mulohazalari oʻrganildi.

2024 yil mamlakatimizda  “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”, deb eʼlon qilindi. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek “Inson qadrini ulugʻlash, aholimiz manfaatlarini taʼminlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”.

Shuningdek, “OʻZBEKISTON — 2030” strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosati va sport yoʻnalishlaridagi islohotlar mamlakatimizda yoshlar uchun keng sharoit va imkoniyatlar yaratilayotganligidan dalolat beradi.