18.11.2025
3
“Ijtimoiy fikr” Respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi mamlakat yoshlarining ijtimoiy kayfiyati, hayotiy maqsadlari, faollari va qadriyatlar tizimini o‘rganishga qaratilgan “O‘zbekiston yoshlari — 2025” nomli keng qamrovli sotsiologik tadqiqot o‘tkazishni boshladi.
Bugungi global o‘zgarishlar, raqamli iqtisodiyot rivoji, yoshlar migratsiyasi, jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyat, yangi qadriyatlar shakllanishi va mehnat bozoridagi global o‘zgarishlar sharoitida yosh avlodning fikri va holati – mamlakatning strategik barqarorligi uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston yoshlari aholining salmoqli qismini tashkil etgani bois, ularning xayotiy maqsadlari, muammolari, imkoniyatlari va kutilmalari haqida xolis ma’lumotga ega bo‘lish — davlat siyosati, ta’lim islohotlari, mehnat bozoridagi strategiyalar va ijtimoiy dasturlarni to‘g‘ri shakllantirish uchun zarur.
Aynan shuning uchun “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi ushbu tadqiqotni amalga oshirib, jamiyatning eng muhim qatlami — yoshlarning real holati, kayfiyati va yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganishni maqsad qilgan. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlarining ijtimoiy kayfiyati, faolligi, qadriyatlari, hayotiy maqsadlari, muammolari va imkoniyatlarini kompleks o‘rganish, ularning mamlakatdagi islohotlarga munosabatini aniqlash to‘g‘risida fikr-mulohozalarini o‘rganishdan iborat.
Tadqiqot so‘rovnomasi bir necha yirik bo‘limlardan iborat bo‘lib, har biri mamlakat yosh avlodining muhim yo‘nalishlardagi fikr va ehtiyojlarini o‘rganishga qaratilgan. Mazkur tadqiqot mamlakatning barcha hududlarida, shahar va qishloqlardan tortib, turli ijtimoiy qatlam va yosh guruhlarini qamrab olgan holda o‘tkazish ko‘zda tutilgan.


